Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

“Mikrokreditbank” ATB Bank of New York Mellon bankida Xitoy valyutasi yuandagi korrespondentlik hisob raqamini ochdi

...
Yangilash: ...
Image
“Mikrokreditbank” ATB Bank of New York Mellon bankida Xitoy valyutasi yuandagi korrespondentlik hisob raqamini ochdi

Joriy yilning 31-iyul kuni “Mikrokreditbank” ATB va AQShning yetakchi moliyaviy instituti bilan hamkorlik doirasida BNY Mellon bankida Xitoy yuani (CNY)da korrespondentlik hisob raqami ochildi.

Mazkur hamkorlik bank va mijozlarimiz uchun bir qator muhim imkoniyatlarni taqdim etadi:

Savdo iqtisodiy aloqalar uchun qulaylik: Yuandagi hisob raqami orqali to‘lovlar Xitoy kompaniyalari bilan bevosita amalga oshiriladi, bu esa O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo aloqalarini yanada osonlashtiradi. Bu, shuningdek, import-eksport operatsiyalarini tezlashtiradi.

Xalqaro hisob-kitoblardagi yangi bosqich: Bankning Xitoy yuani (CNY) da transchegaraviy to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati, xalqaro moliya bozorida raqobatbardoshlikni oshiradi va bankning global moliyaviy infratuzilmasini kengaytirishga yordam beradi.

Mijozlar uchun keng imkoniyatlar: Yuridik va jismoniy shaxslar uchun to‘lov tizimining tezkorligi, samaradorligi va xavfsizligi yaxshilanadi. Bu xususan Xitoy bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar uchun juda muhimdir, chunki ular ko‘proq iqtisodiy foyda olishlari mumkin.

Strategik hamkorlik: BNY Mellon bilan olib borilayotgan hamkorlik O‘zbekistonning moliya sektori uchun strategik ahamiyatga ega. Bu hamkorlik nafaqat moliyaviy infratuzilmani mustahkamlashga yordam beradi, balki O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiyotda yanada faol ishtirok etishiga zamin yaratadi.

Global darajadagi xizmatlar: “Mikrokreditbank” ATB o‘z mijozlariga global darajada qulay moliyaviy xizmatlarni taklif qilishda davom etishi kutilmoqda, bu esa ularning biznes faoliyatini kengaytirishlariga yordam beradi.

BNY Mellon — dunyodagi eng yirik va eng qadimiy banklardan biri bo‘lib, 100 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi. Yuandagi hisob raqami ochilishi bankimizda nafaqat moliyaviy infratuzilmani mustahkamlaydi, balki O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarida yangi bosqichni boshlab beradi. 

Umuman olganda, bu qadam “Mikrokreditbank” ATBning xalqaro miqyosda o‘sishini ta’minlashga va O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

25 Dekabr 2025

Yangi yil bayramida ish tartibimiz!

Dam olish kunlarida "MAVRID" ilovasidan 24/7 rejimda masofadan turib foydalanishingiz mumkin!

25 Dekabr 2025

"Yilning eng yaxshi yordamchi agenti" aniqlandi

Qoraqalpogʻiston va Namangan viloyatidan ishtirok etgan ishtirokchilar respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi.
24 Dekabr 2025

Korrupsiya va poraxoʻrlik oʻrtasidagi farqni bilasizmi?

Poraxoʻrlik esa korrupsiyaning eng keng tarqalgan va aniq koʻrinishi boʻlib, pora olish yoki berishga asoslanadi.


Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X