Unda "Mikrokreditbank" ATB Boshqaruv raisi oʻrinbosari Shaxlo Ibragimova, “Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi rahbari Dilfuza Nurmatova, Bosh ofis xodimlari hamda hududlardagi tegishli mutaxassislar ishtirok etishdi.

IMG_0094.jpg

9 (5).png

Seminardan koʻzlangan maqsad xotin-qizlarning biznes yuritish koʻnikmalarini oshirish, imtiyozli kreditlar ajratish orqali tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, kompaniya hamda Mikrokreditbank oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalarini muhokama etish, mazkur kompaniya imkoniyatlari, imtiyozlari, qulayliklari haqida maʼlumot berishdan iborat boʻldi.  

12 (4).png

Tadbir davomida “Hamroh” vakillari tomonidan xotin-qizlarga biznesni boshlash va uni rivojlantirishdagi yangidan yangi noyob imkoniyatlar haqida maʼlumot berish, shu bilan birga “Biznes portal” orqali arizalar topshirish jarayonlari, biznesni yuritish uchun professional mutaxassislar bilan hamkorlik qilish tartib-qoidalari haqida tushunchalar berildi. 

IMG_0096.jpg

Seminarda bankning hududiy boshqarmalari xodimlari Zoom platformasi orqali ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 

Tadbirda taʼkidlanganidek, xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligi – barqaror jamiyat asosidir. Bunday tashabbuslar esa ularning muvaffaqiyatli tadbirkor boʻlishi uchun mustahkam zamin yaratadi.

Bank Axborot xizmati