Bugun telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlar MKBANK nomidan soxta kanallarni ochib, past foizli, tezkor hamda boshlang‘ich to‘lov evaziga mijozlarga kredit ajratilayotgani haqida bong urmoqda.
Bunday guruhlardagi xabarlar haqiqatga mos kelmaydi!
Quyidagi yolg‘on telegram kanallar va botlardan ogoh bo‘ling:
MIKRO_KREDIT_BANK_UZ
Mk_Moliya
Aziz yurtdoshlar, virtual firibgarlardan ehtiyot bo‘ling va yaqinlaringizga ham bu ma'lumotni yuborib qo‘ying.
Unutmang, bank boshlang‘ich to‘lov evaziga sizga mikroqarz ajratmaydi!
Barcha yangiliklarni faqatgina rasmiy manbalarimizdan oling!