Hududlarda mahalla tizimini yanada takomillashtirish, mahallalarda aholi bandligini taʼminlash va daromadli qilish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

13 (22).png

Ana shu jarayonlar bilan tanishish maqsadida, 22-23-oktabr kunlari “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruvi raisi O.Butayev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumaniga tashrif buyurdi.

vv1 (4).png

22-oktabr kuni Chimboy tumani hokimligi binosida “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruvi raisi O.Butayev tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi va ularning takliflari, muammolari bilan qiziqdi.

6 (147).png

23-oktabr kuni esa Chimboy tumanidagi “Temirjoʻl” mahallasida hokim yordamchilari, mahalla bankirlari va mahalla agentlari bilan uchrashdi. Shundan so‘ng xonadonlarda amalga oshirilayotgan mikroloyihalar bilan tanishdi va aholi takliflaridan kelib chiqib, masʻullarga zarur topshriqlarni berdi.

vv4 (5).png

vv3 (7).png

Albatta, bu kabi ishlar yurtimizda aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali odamlarning turmush farovonligini yaxshilash xizmat qiladi. Mikrokreditbank jamoasi esa xalq bilan birga boʻlishga, aholini tadbirkorlik orqali daromadli qilishga doimo tayyor.

vv2 (7).png

Bank Axborot xizmati