
Bugun, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi.

Erta tongdan bahoriy kuy-qo‘shiqlar va chiroyli gullar bilan qarshi olingan bank ayollari ish kunini ajoyib kayfiyatda boshlashdi.

Shundan so‘ng Boshqaruv raisi o’rinbosari I. Djumaniyazov hamda Boshqaruv a’zolari bankda faoliyat yuritayotgan ayol-qizlarga o‘zlarining samimiy bayram tilaklarini bildirdi.

Tadbir davomida tizimda faoliyat yuritayotgan barcha ayol-qizlarga Bank rahbariyatining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bayram muborak bo’lsin!
Bank Axborot xizmati


















