
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni e’lon qiligan bo‘lib, unga ko‘ra, 2025-yil 11-martdan boshlab yurtimizda “Dolzarb bir oylik” safarbarligi boshlandi.

Mikrokreditbank mazkur farmon ijrosini taʼminlash maqsadida hududlardagi tashabbuslarni boshlab yubordi. Kuni kecha Buxoro viloyatida boshlangan ishlar bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli va Chimboy tumanlarida davom ettirildi.


Natijada MKBANK homiyligida Xoʻjayli va Chimboy tumanlaridagi kam ta’minlangan aholi va boʻsh yer maydoni mavjud 200dan ortiq xonadonga 2 000 tup gilos, oʻrik, shaftoli va olxoʻri kabi mevali daraxt koʻchatlari tarqatildi.
Bu kabi ishlar “Bir mahalla – bir mahsulot” hamda ijara yerlarida “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyillari asosida yerlarga serdaromad ekinlarni ekish, shuningdek, "Yashil makon" loyihasi doirasida bank homiyligida izchil davom ettiriladi.

Ta’kidlash kerakki, bugun aholi tomorqalari va bo‘sh yer maydonlaridan unumli foydalanish orqali ularning daromadlarini oshirish yurtimizda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda ham muhim qadam hisoblanadi.
Bank Axborot xizmati


















