
Bugun yoshlarning davlat va jamiyat hayotida faol ishtirokini kuchaytirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va eng muhimi, ertangi kunimizni yanada mustahkam poydevor asosida qurish yo‘lida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Samarqand viloyatidagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bunga misol bo‘la oladi.
“Mikrokreditbank” ATB tashabbusi bilan tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvining navbatdagi manzili Samarqand viloyati bo‘ldi. Mazkur uchrashuvda “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Sh.Ibragimova, Mahalla yoshlar yetakchilari va yuzdan ziyod faol yoshlar qatnashdi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda bank rahbariyati yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar, tadbir ishtirokchilarining taklif va tashabbuslarini tingladilar. Bildirilgan tashabbus va takliflarni o‘rganish hamda ularni kelgusida birgalikda amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish belgilab olindi.
Shuningdek, bank mahsulotlari, PQ-60 qarori asosida taqdim etilayotgan kreditlar va ajratilgan kreditlarni maqsadli ishlatilishi bo‘yicha ham tushuntirshlar berildi.
Tadbir davomida 30 dan ortiq yoshlar o‘z takliflarini bildirgan bo‘lsa, ularning 6 tasi shu joyning o‘zida hal qilindi. Bu esa davlatimiz rahbari belgilab bergan “Yoshlar – kelajagimiz” tamoyili amalda qanday ishlayotganining yorqin isbotidir.
Bank Axborot xizmati