
Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatida tezkorlik va qulaylik asosiy omillardan biriga aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan, Mikrokreditbank UZCARD to‘lov tizimi bilan hamkorlikda zamonaviy raqamli yechimni joriy etmoqda.
Mazkur yechim tadbirkorlarga bank kartalari orqali amalga oshirilgan savdo tushumlarini maksimal darajada tezkor qabul qilish imkonini yaratadi. Endi kartalar orqali to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, mablag‘lar atigi 1 daqiqa ichida tadbirkorlarning hisob raqamlarida aks etadi.
Ushbu tizimning yana bir muhim afzalligi — uning uzluksiz ishlashidir. Xizmat 24/7 rejimda faoliyat yuritib, dam olish va bayram kunlarida ham to‘lovlarni qabul qilish hamda mablag‘larni o‘tkazish jarayonini to‘xtatmaydi. Bu esa tadbirkorlarga o‘z biznes jarayonlarini yanada samarali boshqarish imkonini beradi.
Shu bilan birga, Mikrokreditbank UZCARD POS-terminallari orqali amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarni real vaqt rejimida nazorat qilish imkoniyati mavjud. Bu esa moliyaviy shaffoflikni ta’minlab, hisob-kitob jarayonlarini sezilarli darajada soddalashtiradi.
Qisqacha aytganda, mazkur raqamli transformatsiya yechimi tadbirkorlar uchun:
• tezkor mablag‘ aylanishi,
• uzluksiz xizmat ko‘rsatish,
• real vaqt rejimida nazorat,
• va yuqori darajadagi qulaylikni ta’minlaydi.
Zamonaviy bank xizmatlari bilan bir qadam oldinda bo‘ling!
Bank Axborot xizmati


















