O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan vazirlik va idoralar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha Mustaqillik kubogi tashkil etildi. “Zakovat” tarixida ikkinchi bor o‘tkazilayotgan Mustaqillik kubogida turli davlat tashkilotlari xodimlaridan tuzilgan 80 dan ortiq jamoa o‘zaro bilim va tafakkurlarini sinab ko‘rdi.

3.png

MKBANK jamoasi ham ushbu nufuzli musobaqada faol ishtirok etib, o‘z bilim va intellektual salohiyatini namoyon qildi.

1.png

Musobaqaning asosiy maqsadi – yoshlarni yangicha fikrlashga, tezkor qaror qabul qilishga va jamoaviy ishlashga o‘rgatishdir.

2.png

5.png

MKBANK xodimlarining bilimga bo‘lgan qiziqishini, jamoaviy hamjihatligini doim qadrlaydi.

Bank Axborot xizmati