Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Ta'lim krediti mavzusida brifing tashkil etildi

...
Yangilash: ...
Image

Joriy yilning 20-sentabr kuni Bank axborot xizmati rahbari S.Ochilov ishtirokida ta'lim kreditlari mavzusida brifing tashkil etildi.

Maʼlumki, “Mikrokreditbank” АTB tomonidan yurtimizdagi barcha oliy, oʼrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida shuningdek, qoʼshma taʼlim dasturlari boʼyicha toʼlov-kontrakt asosida oʼqishga qabul qilingan barcha bosqich talabalariga taʼlim kreditlari ajratib kelinmoqda. 

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi “Oliy, oʼrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning taʼlim olishlarini qoʼllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroriga asosan esa, ushbu kredit talaba qizlarimiz uchun “foizsiz” shartlarda ajratilmoqda. 

Xususan, bankimiz tomonidan 2022-2023 yillarda jami 11 mingga yaqin talabaga 112 mlrd soʼmdan ortiq taʼlim kreditlari ajratildi. Shundan, 71 foizi yoki 80 mlrd soʼmi xotin-qizlarga ajratilgan kreditlar hissasiga toʼgʼri keladi. 

Joriy oʼquv yilining oʼzida esa ming nafardan ortiq talabaga 14 mlrd soʼmlik taʼlim kreditlari ajratildi. Eʼtiborlisi, ushbu kreditlarning ham asosiy qismi, yaʼni 77 foizi xotin-qizlarning taʼlimini qoʼllab-quvvatlashga yoʼnaltirildi. 

Bankimiz tomonidan taklif etilayotgan taʼlim krediti asosiy qarz talabaning rasmiy oʼqish muddati tugaganidan soʼng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Misol tariqasida qaraydigan bo‘lsak, 1-kurs talabasining umumiy oʼqish davri 4 yilni tashkil qilsa, kredit 11,5 yil muddatga ajratiladi. 

Taʼlim kreditlari yillik 14 foizdan, Xotin-qizlar uchun esa yuqorida ham taʼkidlanganidek, mutlaqo “foizsiz” ajratiladi. 

Аyni kunlarda bankning barcha filial va markazlari tomonidan taʼlim kreditlari uzluksiz ajratib kelinmoqda. 

Sodda qilib aytganda, bankning istalgan filialiga talaba va kafillar oʼzining pasportlari hamda toʼlov shartnomasi bilan borishlari mumkin. Bunda taʼlim krediti bir ish kuni davomida ajratiladi. 

Tabaqalashtirilgan, yaʼni xalq tilidagi “super kontrakt” toʼlovlari yoki kontraktning minimal miqdoriga teng boʼlgan bir martalik boshqa toʼlovlarni amalga oshirish uchun taʼlim kreditlari ajratilmaydi. 

Ta'lim kreditiga oid har qanday qo‘shimcha savollar yuzasidan bankning 1285 – Аloqa markazi raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Bank axborot xizmati

 




Yana ko‘ring

26 Iyun 2025

Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar

Joriy yilning 27-iyun kuni “Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan brifing o‘tkaziladi.
13 May 2025

SIRDARYODA BRIFING O‘TKAZILADI

Mikrokreditbank Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha brifing o‘tkaziladi.
13 May 2025

Navbatdagi brifing tashkil etilmoqda

Joriy yilning 13-may kuni “Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan brifing o‘tkazilmoqda.
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X