Qishloq xo‘jaligi, sanoat va savdo korxonalarining aylanma mablag‘larini to‘ldirishga ajratiladigan kreditlari uchun hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kalibrovka qilish va maxsus idishlarda qadoqlash loyihalarini moliyalashtirish maqsadida
Hech qanday yashirin komissiyalar va kutilmagan to‘lovlar yo‘q — siz hammasini oldindan bilasiz. Halol kreditlar. Tushunarli shartlar. Vaqt sinovidan o‘tgan ishonch.

Kreditni jadval bo‘yicha yoki muddatidan oldin, sizga qulay bo‘lgan istalgan usulda to‘lang — mobil ilova, internet-bank, bankomat yoki filial orqali. Tez va komissiyasiz.

Mikrokreditbank — deyarli 20 yillik barqaror faoliyati bilan tadbirkorlar va oilalar farovonligi yo‘lida ishlaydi.

|
T/r |
Kreditlash shartlari |
|
|
1 |
Kredit oluvchilar |
Eksport faloliyati bilan shug‘ulanuvchi tadbirkorlik ob’ektlari |
|
2 |
Kredit maqsadi |
qishloq xo‘jaligi, sanoat va savdo korxonalarining aylanma mablag‘larini to‘ldirishga ajratiladigan kreditlari uchun hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kalibrovka qilish va maxsus idishlarda qadoqlash loyihalarini moliyalashtirish maqsadida |
|
3 |
Kredit valyutasi |
AQSH dollar hamda milliy valyuta |
|
4 |
Kredit muddati |
gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi hamda qishloq xo‘jaligi korxonalarga 36 oy muddatgacha (biroq, gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchilar uchun 2027-yil 1-avgustga qadar); birinchi toifali* (charm-poyabzal va mo‘ynachilik, qandolatchilik, oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiluvchi) korxonalarga 24 oy muddatgacha; ikkinchi toifali* hamda metiz ishlab chiqaruvchi korxonalarga 18 oy muddatgacha; boshqa barcha korxonalar uchun 12 oy muddatgacha; |
|
5 |
Asosiy qarz to‘lovi bo‘yicha imtiyozli muddat |
loyihadan kelib chiqib 6 oygacha |
|
6 |
Kreditlash riskining yuqori miqdori |
korxonalarning oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda – xorijiy valyutada 10 mln. AQSH dollar hamda milliy valyutada 15 mlrd so‘m (Bunda, moliyaviy resurs miqdori 500 ming AQSh dollari va undan yuqori bo‘lgan holatlarda Kompaniya tomonidan ikki ish kunida Hukumat komissiyasiga tegishli qaror qabul qilish uchun kiritiladi) |
|
7 |
Yillik foiz miqdori |
Xorijiy valyutada - 4 foiz; gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi, sanoat va savdo korxonalarga xorijiy valyutada - 6 foiz; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kalibrovka qilish va maxsus idishlarda qadoqlovchi hamda qishloq xo‘jaligi korxonalariga milliy valyutada – 14 foiz. |
|
8 |
Taqdim etiladigan hujjatlar |
- kredit buyurtma; - biznes-reja; - tovar va mahsulotlar (xizmatlar) bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va eksport-import kontrakt nusxasi; - agar qarz oluvchi yoki garovga qo‘yuvchi yuridik shaxs bo‘lsa mulkdorlarining kredit olishga va garovga taqdim etishga roziligini tasdiqlovchi hujjatlar asl nusxasi; - kredit ta’minoti hujjatlari; - kredit buyurtmanomasini o‘rganish davomida qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin. |
|
9 |
“Mikrokreditbank” ATB tizimida ochgan hisobvarag‘i |
Asosiy hisobraqami bo‘lishi |
|
10 |
Asosiy qarz va foiz to‘lash tartibi |
Loyihaning samaradorligini inobatga olgan holda |
|
11 |
Moliyalashtirish manbalari |
“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aktsiyadorlik jamiyati hisobidan |
|
12 |
Ta’minot qiymati |
Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda |
|
13 |
Qarz oluvchining to‘lov qobiliyati |
Ijobiy skoring natijalari asosida kredit ajratish |
|
14 |
Boshqa shartlar |
- ishchilar soni 5 tadan ko‘p bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun yuqoridagi shartlarda taqdim etiladi. - moliyaviy resurslar hisobidan moliyalashtirish ko‘zda tutilgan tadbirkorlik sub’ekti tugatish bosqichida ekanligi yoki bankrotlik tartiboti qo‘zg‘atilganligi; - byudjetga to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarning mavjudligi aniqlangan taqdirda; - bankdan tashqari kredit tashkilotlari va lizing kompaniyalarining resurs bazasini shakllantirish uchun “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmaydi; - gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarga 0,3 foiz stavkada bir martalik ustama haq to‘lash sharti bilan resusr taqdim etiladi - Moliyaviy resurs ajratilishi bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan buyurtmanomalar bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlaridan bazaviy hisoblashning 1 (bir) barobari miqdorida “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan yig‘im undiriladi; - metiz ishlab chiqaruvchi tashkilotlar hamda eksportchi korxonalar moliyaviy resurslardan foydalanib, ajratilgan moliyaviy resurs muddatida, biroq 12 oydan ko‘p muddatga ajratilgan moliyaviy resurslar bo‘yicha dastlabki 12 oy mobaynida umuman eksport amalga oshirmagan tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan moliyaviy resurs foiz stavkasi 2 baravarga oshirilib qayta hisob-kitob qilinadi; - sanoat va savdo qishloq xo‘jaligi korxonalariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratilgan moliyaviy resurslaridan foydalanib, ajratilgan moliyaviy resurs muddatida, biroq 12 oydan ko‘p muddatga ajratilgan moliyaviy resurslar bo‘yicha dastlabki 12 oy mobaynida ajratilgan moliyaviy resursga nisbatan mahsulot realizatsiyasini 20 foizga (shundan, 50 foizi xorijiy valyutada) oshirmagan tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan moliyaviy resurs foiz stavkasi 2 baravarga oshirilib qayta hisob-kitob qilinadi; - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kalibrovka qilish va maxsus idishlarda qadoqlash uskunalarini sotib olish loyihalarni moliyalashtirish uchun moliyaviy resurs ajratilgan korxonalar tomonidan sotib olingan uskunalar sotib olingan kundan olti oy muddatda ishga tushirish hamda uskuna ishga tushgan sanadan boshlab bir yil muddatda ajratilgan moliyaviy resursning kamida 50 foizi miqdorida eksport amalga oshirilishi lozim (bunda, mazkur majburiyatlarni bajarmagan korxonalarga ajratilgan moliyaviy resurs foiz stavkasi 2 baravarga oshirilib, qayta hisob-kitob qilinadi). - Muammoli kreditlar hajmi oshishining oldini olish maqsadida “Eksportni rag‘batlantirish” mahsuloti muammoli kreditlar ulushi ko‘rsatkichi 2 foizdan yuqori bo‘lgan taqdirda kredit mahsuloti shartlari qaytadan ko‘rib chiqililadi. |
* - birinchi toifali – barqarorlik reytingida “AAA” “AA” “A” bo‘lgan, oxirgi 12 oy ichida mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushumning kamida 70 foizini xorijiy valyutada amalga oshirgan korxonalar;
* - ikkinchi toifali – barqarorlik reytingida “AAA” “AA” “A” va “BBB” “BB” “B” bo‘lgan, oxirgi 12 oy ichida mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushumning kamida 50 foizini xorijiy valyutada amalga oshirgan korxonalar
Kreditni so‘ndirish bo‘yicha oylik to‘lovlarni amalga oshirishning ikki usuli mavjud:
Manba: Finlit.uz
Kreditni so‘nidirish mobaynida qarz oluvchi quyidagi to‘lovlarni amalga oshiradi:
Kredit bo‘yicha foizlar umumiy tamoyillar asosida hisoblanadi – ya'ni, ma'lum muddatga (odatda 1 yilga) kreditning asosiy summasidan ulush (%) sifatida. Kredit muddati bir kalendar yilidan ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin, ammo bu foizlar hisoblanish mohiyatini o‘zgartirmaydi, kredit muddatidan kelib chiqib foizlar qayta hisoblanib boriladi.
Kredit bo‘yicha boshqa to‘lovlar bank komissiyasi, garovni baholash, sug‘urtalash va rasmiylashtirish hamda oylik to‘lovlarni kechiktirib to‘lash bo‘yicha jarima va penyalar bo‘yicha xarajatlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Manba: Finlit.uz
Yangi tartib doirasida Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditini olishda birgalikda qarz oluvchi sifatida, ipoteka kreditini oluvchi fuqaro bilan birga yashamaydigan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham daromadini inobatga olish mumkin. Bunda qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining pensiya to‘lovlari miqdori bilan birgalikda, foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlar; davlat soliq xizmati organi tomonidan deklaratsiya bilan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari hisobga olinadi.
Manba: Finlit.uz
Har qanday kreditni bank kassasi orqali naqd pul shaklida so‘ndirishingiz mumkin. Onlayn kreditlarni muddatidan oldin so‘ndirish imkoniyati kredit ofertasida, ya'ni shartnomasida ko‘rsatiladi. Ushbu shartlar bilan kreditni rasmiylashtirishdan oldin va rasmiylashtirayotganda tanishib chiqishni hamda kredit ofertasini mobil qurilmangiz xotirasiga saqlab qo‘yishingizni tavsiya qilamiz.
Manba: Finlit.uz
Mikroqarz mijoz arizasiga ko‘ra BHMning 150 barobarigacha miqdorida, naqd pulda ajratilsa yillik 28 % va plastik kartaga pul o‘tkazish yo‘li bilan yillik 27 % bilan, bir yilgacha bo‘lgan muddatga ajratiladi.
BHMning 150 barobarigacha, imtiyozli davrsiz, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 28 foiz bilan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlari va xizmatlarini sotib olish uchun ajratiladi.
Bankka quyidagi hujjatlar topshiriladi.
Barcha hujjatlar topshirilgandan so‘ng, ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 527-sonli qaroriga asosan tartibga solinadi.
Kredit miqdori: talaba va OTM o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida.
Muddati: o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.
Kredit foizi: Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozirda 14 %)
Taʼlim krediti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi OTMlar uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, kunduzgi taʼlim shakliga ajratiladi (super kontrakt uchun yoki maxsus sirtqi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari uchun berilmaydi).
"Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida imtiyozli kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-sonli qaroriga asosan quyidagi shartlar asosida ajratiladi.
Jismoniy shaxslar uchun – Respublikada o‘rnatilgan BHMning (bugungi kunda BHM 270 ming so‘mni tashkil etadi) 150 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan ajratiladi.
Yuridik shaxslar uchun – BHMning 1000 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan beriladi. Shuningdek, yuridik shaxslar uchun, Hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli qaroriga asosan imtiyozli kredit miqdori BHMning 250 barobarigacha;
Yuridik shaxslarga ajratiladigan kredit BHMning 150 barobaridan ortiq bo‘lganda, kredit taʼminoti sifatida mol-mulk garovi taqdim qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-son qaroriga asosan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Dasturlar doirasida 2021-yil 1-apreldan boshlab:
Har bir jarayon boʼyicha, elektron SMS-xabarnoma keladi.

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!