Hech qanday yashirin komissiyalar va kutilmagan to‘lovlar yo‘q — siz hammasini oldindan bilasiz. Halol kreditlar. Tushunarli shartlar. Vaqt sinovidan o‘tgan ishonch.

Kreditni jadval bo‘yicha yoki muddatidan oldin, sizga qulay bo‘lgan istalgan usulda to‘lang — mobil ilova, internet-bank, bankomat yoki filial orqali. Tez va komissiyasiz.

Mikrokreditbank — deyarli 20 yillik barqaror faoliyati bilan tadbirkorlar va oilalar farovonligi yo‘lida ishlaydi.

|
T/r |
Kreditlash shartlari |
|||||||||||||||||||||||||
|
1 |
Kredit oluvchilar |
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar |
||||||||||||||||||||||||
|
2 |
Kredit maqsadi |
Tadbirkorlik ehtiyojlari uchun aylanma mablag‘larga |
||||||||||||||||||||||||
|
3 |
Kredit valyutasi |
Milliy va xorijiy (AQSH dollari) valyutada |
||||||||||||||||||||||||
|
4 |
Kredit muddati |
36 oygacha |
||||||||||||||||||||||||
|
5 |
Asosiy qarz to‘lovi bo‘yicha imtiyozli muddat |
12 oygacha bo‘lgan muddatli kreditlar uchun – 1 oygacha, 24 oygacha bo‘lgan muddatli kreditlar uchun – 2 oygacha, 36 oygacha bo‘lgan muddatli kreditlar uchun – 6 oygacha. |
||||||||||||||||||||||||
|
6 |
Kreditlash miqdori |
|
||||||||||||||||||||||||
|
7 |
Yillik foiz stavkasi (eng kam miqdori) |
|
||||||||||||||||||||||||
|
8 |
Kredit tarixi va moliyaviy holat |
1) Avval ajratilgan va mavjud kreditlari bo‘yicha so‘ngi 24 oyda 3 martadan ortiq 90 kundan oshgan qarzdorlikka yo‘l qo‘ymagan bo‘lishi.
2) Mavjud kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan va “2-sonli kartoteka” qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi; 3) Qarz oluvchining rahbari va ta’sischilari ishtirokida tashkil etilgan yoki boshqaruvida bo‘lgan korxonalarning muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi lozim |
||||||||||||||||||||||||
|
9 |
Mavjud faoliyati |
Bankning hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda, biznes faoliyati boshlangan bo‘lishi yoki mavjud bo‘lishi lozim. |
||||||||||||||||||||||||
|
10 |
Kredit mablag‘lari ajratish shakli |
Kredit oluvchining hisobvarag‘iga pul ko‘chirish orqali |
||||||||||||||||||||||||
|
11 |
Kreditning maqsadli ishlatilishi |
Ajratilgan kreditning maqsadli ishlatilishi tekshirilishi talab etilmaydi |
||||||||||||||||||||||||
|
12 |
Taqdim etiladigan hujjatlar* |
- kredit buyurtma; - rejalashtirilayotgan pul oqimlari prognozi[1]; - agar qarz oluvchi yoki garovga quyuvchi yuridik shaxs bo‘lsa mulkdorlarining kredit olishga va garovga taqdim etishga roziligini tasdiqlovchi hujjatlar asl nusxasi; - faoliyatni amalga oshirish va ofis bino-inshootidan foydalanish huquqni beruvchi hujjatlari nusxasi; - kredit ta’minoti hujjatlari “Mikrokreditbank” ATB tizimida kredit yigʻma jildlarini shakllantirish va hujjatlarni rasmiylashtirish reglamenti talablari asosida diskontlanib, garovga olinadi). |
||||||||||||||||||||||||
|
13 |
Ta’minot qiymati |
Ajratiladigan kreditlar uchun kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda; |
||||||||||||||||||||||||
|
14 |
Ta’minot turi |
Ishlab chiqarilganligiga 5 (besh) yildan oshmagan yengil va avtotransport vositalari; Ishlab chiqarilganligiga 3 (uch) yildan oshmagan maxsus transport vositalari; ko‘chmas mulklar; zargarlik buyumlari; deposit mablag‘lari. |
||||||||||||||||||||||||
|
15 |
Alohida shartlar |
Mazkur kreditdan foydalanib, ko‘pi bilan 3 marta 30 kundan ortiq muddatga kechiktirilgan qarzdorliklarni yuzaga keltirgan mijozlarga, ushbu qarzdorliklar to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng 2 yilgacha takroran foydalanish ta’qiqlanadi. |
||||||||||||||||||||||||
|
16 |
Kafillik taqdim etilganda (qo‘shimcha ta’minot sifatida) |
Kafil tashkilotdan talab etiladi (kafil tashkilot kamida 6 oy faoliyat yuritgan bo‘lishi lozim): - 2-sonli kartoteka va muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi; - so‘ngi 12 oydagi hisobvaraq aylanmasi (kamida 6 oy bo‘lishi lozim); - kredit majburiyatlari to‘g‘risida ma’lumot; - kafillik shartnomasiga imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar va ta’sis hujjatlari nusxasi; - kafili tashkilot ta’sischilarining kafillik berishga roziligi bo‘yicha majlis bayoni/qarori nusxasi |
||||||||||||||||||||||||
Kredit yuklamalarini hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
*KYu = qarz oluvchi hisobvarag‘ining o‘rtacha oylik aylanmasi / ajratilayotgan va mavjud kreditlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lov;
**KKYu = qarz oluvchi va kafil tashkilot (kredit majburiyatlari chegirilgan holda) hisobvarag‘ining o‘rtacha oylik aylanmasi / ajratilayotgan va mavjud kreditlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lov
[1] “Mikrokreditbank” ATB tizimida kredit yigʻma jildlarini shakllantirish va hujjatlarni rasmiylashtirish reglamentida belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi
Kreditni so‘ndirish bo‘yicha oylik to‘lovlarni amalga oshirishning ikki usuli mavjud:
Manba: Finlit.uz
Kreditni so‘nidirish mobaynida qarz oluvchi quyidagi to‘lovlarni amalga oshiradi:
Kredit bo‘yicha foizlar umumiy tamoyillar asosida hisoblanadi – ya'ni, ma'lum muddatga (odatda 1 yilga) kreditning asosiy summasidan ulush (%) sifatida. Kredit muddati bir kalendar yilidan ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin, ammo bu foizlar hisoblanish mohiyatini o‘zgartirmaydi, kredit muddatidan kelib chiqib foizlar qayta hisoblanib boriladi.
Kredit bo‘yicha boshqa to‘lovlar bank komissiyasi, garovni baholash, sug‘urtalash va rasmiylashtirish hamda oylik to‘lovlarni kechiktirib to‘lash bo‘yicha jarima va penyalar bo‘yicha xarajatlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Manba: Finlit.uz
Yangi tartib doirasida Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditini olishda birgalikda qarz oluvchi sifatida, ipoteka kreditini oluvchi fuqaro bilan birga yashamaydigan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham daromadini inobatga olish mumkin. Bunda qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining pensiya to‘lovlari miqdori bilan birgalikda, foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlar; davlat soliq xizmati organi tomonidan deklaratsiya bilan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari hisobga olinadi.
Manba: Finlit.uz
Har qanday kreditni bank kassasi orqali naqd pul shaklida so‘ndirishingiz mumkin. Onlayn kreditlarni muddatidan oldin so‘ndirish imkoniyati kredit ofertasida, ya'ni shartnomasida ko‘rsatiladi. Ushbu shartlar bilan kreditni rasmiylashtirishdan oldin va rasmiylashtirayotganda tanishib chiqishni hamda kredit ofertasini mobil qurilmangiz xotirasiga saqlab qo‘yishingizni tavsiya qilamiz.
Manba: Finlit.uz
Mikroqarz mijoz arizasiga ko‘ra BHMning 150 barobarigacha miqdorida, naqd pulda ajratilsa yillik 28 % va plastik kartaga pul o‘tkazish yo‘li bilan yillik 27 % bilan, bir yilgacha bo‘lgan muddatga ajratiladi.
BHMning 150 barobarigacha, imtiyozli davrsiz, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 28 foiz bilan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlari va xizmatlarini sotib olish uchun ajratiladi.
Bankka quyidagi hujjatlar topshiriladi.
Barcha hujjatlar topshirilgandan so‘ng, ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 527-sonli qaroriga asosan tartibga solinadi.
Kredit miqdori: talaba va OTM o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida.
Muddati: o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.
Kredit foizi: Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozirda 14 %)
Taʼlim krediti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi OTMlar uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, kunduzgi taʼlim shakliga ajratiladi (super kontrakt uchun yoki maxsus sirtqi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari uchun berilmaydi).
"Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida imtiyozli kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-sonli qaroriga asosan quyidagi shartlar asosida ajratiladi.
Jismoniy shaxslar uchun – Respublikada o‘rnatilgan BHMning (bugungi kunda BHM 270 ming so‘mni tashkil etadi) 150 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan ajratiladi.
Yuridik shaxslar uchun – BHMning 1000 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan beriladi. Shuningdek, yuridik shaxslar uchun, Hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli qaroriga asosan imtiyozli kredit miqdori BHMning 250 barobarigacha;
Yuridik shaxslarga ajratiladigan kredit BHMning 150 barobaridan ortiq bo‘lganda, kredit taʼminoti sifatida mol-mulk garovi taqdim qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-son qaroriga asosan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Dasturlar doirasida 2021-yil 1-apreldan boshlab:
Har bir jarayon boʼyicha, elektron SMS-xabarnoma keladi.

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!