Hech qanday yashirin komissiyalar va kutilmagan to‘lovlar yo‘q — siz hammasini oldindan bilasiz. Halol kreditlar. Tushunarli shartlar. Vaqt sinovidan o‘tgan ishonch.

Kreditni jadval bo‘yicha yoki muddatidan oldin, sizga qulay bo‘lgan istalgan usulda to‘lang — mobil ilova, internet-bank, bankomat yoki filial orqali. Tez va komissiyasiz.

Mikrokreditbank — deyarli 20 yillik barqaror faoliyati bilan tadbirkorlar va oilalar farovonligi yo‘lida ishlaydi.

|
T/r |
Kreditlash shartlari |
|
|
1 |
Kredit oluvchilar |
Kichik va o‘rta biznes subyektlari hisoblangan yuridik shaxslar |
|
2 |
Kredit maqsadi |
Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish maqsadida asosiy vosita sotib olish hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun |
|
3 |
Kredit valyutasi |
Milliy valyutada |
|
4 |
Kredit muddati |
Asosiy vosita olish uchun: – 84 oygacha. Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun: – 24 oygacha. |
|
5 |
Asosiy qarz to‘lovi bo‘yicha imtiyozli muddat |
Asosiy vosita olish uchun: – 24 oygacha Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun: – 6 oygacha |
|
6 |
Kreditlash riskining yuqori miqdori |
Loyiha qiymatidan kelib chiqqan holda 5 mlrd. so‘mdan oshmagan miqdorda |
|
7 |
Yillik foiz stavkasi (o‘zgaruvchan) |
MB asosiy stavkasi + 4 % |
|
8 |
Kredit ajratilmaydigan yo‘nalishlar |
Qimorxona va billiardxonalar, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish; ilgari olingan kredit (lizing)larni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish; yordam ko‘rsatilayotgan loyihalar bo‘yicha ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan yengil avtotransport vositalarini xarid qilish; |
|
9 |
Taqdim etiladigan hujjatlar |
- kredit buyurtma; - biznes-reja; - tovar va mahsulotlar (xizmatlar) bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi nusxasi; - chetdan xorijiy valyutaga sotib olinadigan asosiy vositalarning narxi jahon bozori kon’yukturasiga mosligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan tashkilot xulosasi; - agar qarz oluvchi yoki garovga quyuvchi yuridik shaxs bo‘lsa mulkdorlarining kredit olishga va garovga taqdim etishga roziligini tasdiqlovchi hujjatlar asl nusxasi; - faoliyatni amalga oshirish va ofis bino-inshootidan foydalanish huquqni beruvchi hujjatlari nusxasi; - kredit ta’minoti hujjatlari; - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 sentyabrdagi “Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 541- sonli qarorida belgilangan holatlar bo‘yicha loyihaning atrof-muhitga ta’siri yuzasidan davlat ekologik ekspertizasi ijobiy xulosa (talab etiladigan holatlarda); - oliy ta’lim muassasasi rektorining bitiruvchini ishga qabul qilish to‘g‘risidagi tavsiyanomasi; - ishga qabul qilingan bitiruvchining mehnat shartnomasi va shaxodatnomasi; - kredit buyurtmanomasini o‘rganish davomida qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin. |
|
10 |
Asosiy qarz va foiz to‘lash tartibi |
Annuitet yoki differensial |
|
11 |
Ta’minot qiymati |
Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda |
|
12 |
Ta’minot turi |
“Mikrokreditbank” ATB tizimida kredit yigʻma jildlarini shakllantirish va hujjatlarni rasmiylashtirish reglamenti talablari asosida |
|
13 |
Qarz oluvchining to‘lov qobiliyati |
“Mikrokreditbank” ATB tizimida kredit yigʻma jildlarini shakllantirish va hujjatlarni rasmiylashtirish reglamentida belgilangan skoring talablari asosida |
|
14 |
Alohida shartlar |
Kredit mablag‘lari: - 500 mln.so‘mgacha kamida 1 ta; - 500 mln.so‘mdan 1 mlrd.so‘mgacha kamida 2 ta; - 1 mlrd. so‘mdan yuqori bo‘lgan kredit mablag‘larining har 1 mlrd. so‘mgacha qismi uchun kamida 1 ta bitiruvchi bosqich talabasi yoki oliygohni tamomlaganiga 3 yildan oshmagan bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan ajratiladi; - kredit foizi bitiruvchi bilan mehnat shartnomasi bekor boʻlgan sanadan tijorat stavkasi (MB asosiy stavkasi + 10 %)ga oʻzgartiriladi, bundan ushbu xodim(lar) oʻrniga boshqa bitiruvchi(lar)ni ishga qabul qilingan hollar mustasno. |
Kreditni so‘ndirish bo‘yicha oylik to‘lovlarni amalga oshirishning ikki usuli mavjud:
Manba: Finlit.uz
Kreditni so‘nidirish mobaynida qarz oluvchi quyidagi to‘lovlarni amalga oshiradi:
Kredit bo‘yicha foizlar umumiy tamoyillar asosida hisoblanadi – ya'ni, ma'lum muddatga (odatda 1 yilga) kreditning asosiy summasidan ulush (%) sifatida. Kredit muddati bir kalendar yilidan ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin, ammo bu foizlar hisoblanish mohiyatini o‘zgartirmaydi, kredit muddatidan kelib chiqib foizlar qayta hisoblanib boriladi.
Kredit bo‘yicha boshqa to‘lovlar bank komissiyasi, garovni baholash, sug‘urtalash va rasmiylashtirish hamda oylik to‘lovlarni kechiktirib to‘lash bo‘yicha jarima va penyalar bo‘yicha xarajatlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Manba: Finlit.uz
Yangi tartib doirasida Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditini olishda birgalikda qarz oluvchi sifatida, ipoteka kreditini oluvchi fuqaro bilan birga yashamaydigan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham daromadini inobatga olish mumkin. Bunda qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining pensiya to‘lovlari miqdori bilan birgalikda, foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlar; davlat soliq xizmati organi tomonidan deklaratsiya bilan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari hisobga olinadi.
Manba: Finlit.uz
Har qanday kreditni bank kassasi orqali naqd pul shaklida so‘ndirishingiz mumkin. Onlayn kreditlarni muddatidan oldin so‘ndirish imkoniyati kredit ofertasida, ya'ni shartnomasida ko‘rsatiladi. Ushbu shartlar bilan kreditni rasmiylashtirishdan oldin va rasmiylashtirayotganda tanishib chiqishni hamda kredit ofertasini mobil qurilmangiz xotirasiga saqlab qo‘yishingizni tavsiya qilamiz.
Manba: Finlit.uz
Mikroqarz mijoz arizasiga ko‘ra BHMning 150 barobarigacha miqdorida, naqd pulda ajratilsa yillik 28 % va plastik kartaga pul o‘tkazish yo‘li bilan yillik 27 % bilan, bir yilgacha bo‘lgan muddatga ajratiladi.
BHMning 150 barobarigacha, imtiyozli davrsiz, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 28 foiz bilan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlari va xizmatlarini sotib olish uchun ajratiladi.
Bankka quyidagi hujjatlar topshiriladi.
Barcha hujjatlar topshirilgandan so‘ng, ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 527-sonli qaroriga asosan tartibga solinadi.
Kredit miqdori: talaba va OTM o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida.
Muddati: o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.
Kredit foizi: Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozirda 14 %)
Taʼlim krediti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi OTMlar uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, kunduzgi taʼlim shakliga ajratiladi (super kontrakt uchun yoki maxsus sirtqi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari uchun berilmaydi).
"Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida imtiyozli kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-sonli qaroriga asosan quyidagi shartlar asosida ajratiladi.
Jismoniy shaxslar uchun – Respublikada o‘rnatilgan BHMning (bugungi kunda BHM 270 ming so‘mni tashkil etadi) 150 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan ajratiladi.
Yuridik shaxslar uchun – BHMning 1000 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan beriladi. Shuningdek, yuridik shaxslar uchun, Hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli qaroriga asosan imtiyozli kredit miqdori BHMning 250 barobarigacha;
Yuridik shaxslarga ajratiladigan kredit BHMning 150 barobaridan ortiq bo‘lganda, kredit taʼminoti sifatida mol-mulk garovi taqdim qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-son qaroriga asosan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Dasturlar doirasida 2021-yil 1-apreldan boshlab:
Har bir jarayon boʼyicha, elektron SMS-xabarnoma keladi.

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!