Mahallalarda aholi tadbirkorligini rivojlantirishda jihozlar va asosiy vositalar sotib olish hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun
Hech qanday yashirin komissiyalar va kutilmagan to‘lovlar yo‘q — siz hammasini oldindan bilasiz. Halol kreditlar. Tushunarli shartlar. Vaqt sinovidan o‘tgan ishonch.

Kreditni jadval bo‘yicha yoki muddatidan oldin, sizga qulay bo‘lgan istalgan usulda to‘lang — mobil ilova, internet-bank, bankomat yoki filial orqali. Tez va komissiyasiz.

Mikrokreditbank — deyarli 20 yillik barqaror faoliyati bilan tadbirkorlar va oilalar farovonligi yo‘lida ishlaydi.

Kafillik, sug‘urta polisi, boshqa ta’minot turlari.
|
T/r |
Kreditlashning asosiy shartlari |
|
|
1 |
Qarz oluvchi |
O‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar. |
|
2 |
Qarz oluvchiga qo‘yilgan talablar |
Tadbirkorlik subyekti: Kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari. Jismoniy shaxs: O‘zini-o‘zi band qilgan rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar; Kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 65 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. |
|
3 |
Kredit maqsadi* |
Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida: - jihozlar va asosiy vositalar sotib olish; - aylanma mablag‘larni to‘ldirish. |
|
4 |
Kredit valyutasi |
Milliy valyutada |
|
5 |
Kreditlash riskining yuqori miqdori |
50,0 mln.so‘mgacha bo‘lgan miqdorda;
|
|
6 |
Kreditlashning eng kam miqdori |
5,0 mln.so‘m. |
|
7
|
Kredit muddati |
Tadbirkorlik subyekti: aylanma mablag‘larni to‘ldirish –24 oygacha; jihozlar va asosiy vositalar sotib olish – 60 oygacha. Jismoniy shaxs: 60 oygacha.
|
|
8 |
Imtiyozli davri |
Faqat muddati 3 yil va 3 yildan ortiq bo‘lgan kreditlar uchun – 6 oygacha |
|
9 |
Yillik foiz stavkasi |
12 oydan – 36 oygacha – 24 foiz; 36 oydan – 60 oygacha – 25 foiz. |
|
10 |
Moliyalashtirish manbai |
Bankning o‘z mablag‘lari. |
|
11 |
Kredit ajratish shakli |
Jismoniy shaxslar uchun - naqd pulda, bank karta (shu jumladan, virtual karta) lariga (onlayn) pul o‘tkazish yo‘li bilan; Tadbirkorlik subyektlari uchun - 30,0 mln.so‘mgacha miqdorida naqd pulda yoki kredit oluvchining asosiy hisobvarag‘iga ko‘chirish orqali. |
|
12 |
Kreditning maqsadli ishlatilishi |
Ajratilgan kreditning maqsadli ishlatilishi tekshirilishi talab etilmaydi |
|
13 |
Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar |
Jismoniy shaxslar uchun: - ID-karta yoki pasport va pasport o‘rnini bosuvchi hujjat; - O‘zini-o‘zi band qilganligi bo‘yicha guvohnoma; - mikroqarz ta’minoti hujjatlari. Tadbirkorlik subyektlari uchun: - ariza; - biznes-reja yoki pul oqimlari prognozi; - tovar va mahsulotlar (xizmatlar) bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi nusxasi (pul ko‘chirish orqali ajratilganda); - faoliyatni amalga oshirish va ofis bino-inshootidan foydalanish huquqni beruvchi hujjatlari nusxasi; - kredit ta’minoti hujjatlari; |
|
14 |
Kredit ta’minoti turlari |
Kafillik, sug‘urta polisi;
(Kredit ta’minotiga qo‘yiladigan talablar “Mikrokreditbank” ATB tizimida kredit yig‘ma jildlarini shakllantirish va hujjatlarni rasmiylashtirish reglamentiga muvofiq tartibga solinadi) |
|
15 |
Kredit qoplanishi |
Kredit summasining 125 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda ta’minot. |
|
16 |
Qo‘shimcha shartlar |
1. Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning bank va boshqa banklarda mavjud barcha mikroqarz mablag‘lari qoldig‘i hisobga olingan holda jami qarzdorlik qoldig‘i 100,0 mln.so‘mdan ortishi mumkin emas. 2. “Mikrokreditbank” tizimida ushbu kredit turidan foydalangan o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar (qarzdor)ga mazkur kredit bo‘yicha joriy qarzdorlikni yopgandan so‘ng qayta olishiga ruxsat beriladi. |
|
17 |
Alohida shartlari |
Sug‘urta to‘lovlari bilan bog‘liq harajatlar uchun pul mablag‘lari kredit hisobidan qoplanishi mumkin. Tadbirkorlik subyektlari uchun “Mikrokreditbank” ATB tizimida kredit yigʻma jildlarini shakllantirish va hujjatlarni rasmiylashtirish reglamentida belgilangan stop factor/skoring talablari qo‘llanilmaydi. |
Kreditni so‘ndirish bo‘yicha oylik to‘lovlarni amalga oshirishning ikki usuli mavjud:
Manba: Finlit.uz
Kreditni so‘nidirish mobaynida qarz oluvchi quyidagi to‘lovlarni amalga oshiradi:
Kredit bo‘yicha foizlar umumiy tamoyillar asosida hisoblanadi – ya'ni, ma'lum muddatga (odatda 1 yilga) kreditning asosiy summasidan ulush (%) sifatida. Kredit muddati bir kalendar yilidan ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin, ammo bu foizlar hisoblanish mohiyatini o‘zgartirmaydi, kredit muddatidan kelib chiqib foizlar qayta hisoblanib boriladi.
Kredit bo‘yicha boshqa to‘lovlar bank komissiyasi, garovni baholash, sug‘urtalash va rasmiylashtirish hamda oylik to‘lovlarni kechiktirib to‘lash bo‘yicha jarima va penyalar bo‘yicha xarajatlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Manba: Finlit.uz
Yangi tartib doirasida Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditini olishda birgalikda qarz oluvchi sifatida, ipoteka kreditini oluvchi fuqaro bilan birga yashamaydigan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham daromadini inobatga olish mumkin. Bunda qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining pensiya to‘lovlari miqdori bilan birgalikda, foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlar; davlat soliq xizmati organi tomonidan deklaratsiya bilan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari hisobga olinadi.
Manba: Finlit.uz
Har qanday kreditni bank kassasi orqali naqd pul shaklida so‘ndirishingiz mumkin. Onlayn kreditlarni muddatidan oldin so‘ndirish imkoniyati kredit ofertasida, ya'ni shartnomasida ko‘rsatiladi. Ushbu shartlar bilan kreditni rasmiylashtirishdan oldin va rasmiylashtirayotganda tanishib chiqishni hamda kredit ofertasini mobil qurilmangiz xotirasiga saqlab qo‘yishingizni tavsiya qilamiz.
Manba: Finlit.uz
Mikroqarz mijoz arizasiga ko‘ra BHMning 150 barobarigacha miqdorida, naqd pulda ajratilsa yillik 28 % va plastik kartaga pul o‘tkazish yo‘li bilan yillik 27 % bilan, bir yilgacha bo‘lgan muddatga ajratiladi.
BHMning 150 barobarigacha, imtiyozli davrsiz, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 28 foiz bilan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlari va xizmatlarini sotib olish uchun ajratiladi.
Bankka quyidagi hujjatlar topshiriladi.
Barcha hujjatlar topshirilgandan so‘ng, ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 527-sonli qaroriga asosan tartibga solinadi.
Kredit miqdori: talaba va OTM o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida.
Muddati: o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.
Kredit foizi: Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozirda 14 %)
Taʼlim krediti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi OTMlar uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, kunduzgi taʼlim shakliga ajratiladi (super kontrakt uchun yoki maxsus sirtqi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari uchun berilmaydi).
"Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida imtiyozli kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-sonli qaroriga asosan quyidagi shartlar asosida ajratiladi.
Jismoniy shaxslar uchun – Respublikada o‘rnatilgan BHMning (bugungi kunda BHM 270 ming so‘mni tashkil etadi) 150 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan ajratiladi.
Yuridik shaxslar uchun – BHMning 1000 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan beriladi. Shuningdek, yuridik shaxslar uchun, Hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli qaroriga asosan imtiyozli kredit miqdori BHMning 250 barobarigacha;
Yuridik shaxslarga ajratiladigan kredit BHMning 150 barobaridan ortiq bo‘lganda, kredit taʼminoti sifatida mol-mulk garovi taqdim qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-son qaroriga asosan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Dasturlar doirasida 2021-yil 1-apreldan boshlab:
Har bir jarayon boʼyicha, elektron SMS-xabarnoma keladi.

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!