“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruvi Raisi
Familiya, ism, sharif
Butayev Orif Aliboyevich
Lavozimi
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv Raisi
Tug‘ilgan yili va joyi
1983-yil, Surxondaryo viloyati
Millati
O‘zbek
Ta'limi
Oliy, 2006-y. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (kunduzgi), 2012-y. O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi (kunduzgi)
Mutaxassisligi
Bank ishi, investitsiyalarni boshqarish (bank sektori)
Mehnat faoliyati
12.2006-07.2007 yy. ̶ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Tijorat banklariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti Bank tizimida islohotlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi bank tizimini rivojlantirish tendensiyalarini tahlil qilish bo‘limi 1-toifali iqtisodchisi;
07.2007-10.2007 yy. ̶ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Tijorat banklariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti Bank tizimida islohotlarni muvofiqlashtirish va uslubiyot boshqarmasi bank nazorati uslubiyoti bo‘limi yetakchi iqtisodchisi;
10.2007-01.2008 yy. ̶ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Tijorat banklariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti Banklarning moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish boshqarmasi yirik banklarning moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish shuʼbasi bosh iqtisodchisi;
01.2008-10.2008 yy. ̶ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti Banklarning moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish boshqarmasi yirik banklarning moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish shuʼbasi bosh iqtisodchisi;
10.2008-08.2009 yy. ̶ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti Banklarni litsenziyalash, ro‘yxatga olish va audit boshqarmasi banklarda auditni muvofiqlashtirish shuʼba mudiri;
08.2009-01.2011 yy. ̶ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti Kredit tashkilotlarini litsenziyalash, ro‘yxatga olish va audit boshqarmasi banklarda auditni muvofiqlashtirish shuʼbasi mudiri;
01.2011-01.2013 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti Banklar faoliyatini tahlil qilish va sanksiyalar qo‘llash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;
01.2013-07.2016 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti Banklarning moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish boshqarmasi boshlig‘i;
07.2016-01.2018 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti direktori;
01.2018-11.2018 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit axborotining davlat reestrini yuritish departamenti direktori;
11.2018-11.2019 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari;
11.2019-02.2020 yy. – “O‘zsanoatqurilishbank” АTB Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari;
02.2020-03.2024 yy. – “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv raisi;
03.2024 – h.v. – “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv raisi v.b..
Bank tizimidagi ish staji
2006-yildan
Egallab turgan lavozimida
2020-yildan
Telefon raqami
71 207-46-51 (1005)
“Mikrokreditbank” ATB Boshqaruvi raisi Markaziy apparat bo‘yicha umumiy rahbarlik hamda Bank apparati, Ichki audit departamenti, Ichki nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish departamenti, Xodimlarni boshqarish (HR) departamenti, Yuridik departamenti, Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamenti va I bo‘limga berilgan vazifalarni amalga oshirilishida mas'ul.