Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Risk menejment departamenti direktori (Chief Risk Officer – CRO)

...
Yangilash: ...
Image

Lavozim tavsifi

Risk menejment departamenti direktori (CRO) Bankning tavakkalchiliklarni boshqarish kompleks tizimini shakllantirish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lib, Bank faoliyatining belgilangan risk-appetiti darajasi doirasida amalga oshirilishini, shu bilan birga barqaror o‘sish hamda tartibga solish talablarining bajarilishini ta’minlaydi.

Mazkur lavozim Bank faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha sezilarli tavakkalchiliklar turlarini aniqlash, baholash, monitoring qilish va boshqarish jarayonlarini tashkil etishni, shuningdek qabul qilinayotgan tavakkalchiliklar ustidan mustaqil nazoratni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Risk menejment departamenti direktori Bank Boshqaruvi bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi hamda Kuzatuv kengashining Tavakkalchiliklarni boshqarish qo‘mitasi bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.

Asosiy vazifalar

• Risk menejment departamenti faoliyatiga rahbarlik qilish hamda Bankning samarali tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi faoliyatini ta’minlash.

• Bankning kompleks tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini (Enterprise Risk Management Framework – ERMF) xalqaro standartlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki talablariga muvofiq ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish.

• Risk-appetiti tizimini (Risk Appetite Framework – RAF) shakllantirish va muntazam ravishda yangilab borish, jumladan Bank risk-appetitining yo‘l qo‘yiladigan tavakkalchilik darajalari, limitlari va ko‘rsatkichlarini aniqlash.

• Bankning barcha sezilarli tavakkalchiliklari turlarini, jumladan kredit, likvidlilik, bozor, operatsion, komplaens, mamlakat, konsentratsiya, reputatsion, strategik tavakkalchiliklarini va bank portfelida yuzaga keluvchi foiz tavakkalchiligini (IRRBB), shuningdek raqamli, texnologik va kiberxavfsizlik tavakkalchiliklarini boshqarishni tashkil etish.

• Tavakkalchiliklarni boshqarish tizimining Bazel II / Bazel III xalqaro standartlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ talablari bilan muvofiqligini ta’minlash.

• Bank kapitalining yetarliligini baholash (ICAAP) hamda kapital darajasini monitoring qilish jarayonlariga rahbarlik qilish.

• 9-sonli MHXS (IFRS 9) talablariga muvofiq kutilayotgan kredit yo‘qotishlari (Expected Credit Loss – ECL) modellari joriy etilishini nazorat qilish.

• Kredit tavakkalchiligini baholash modellari (PD, LGD, EAD), ichki reyting tizimlari hamda skoring modellarini ishlab chiqish va takomillashtirish.

• Bankning noqulay makroiqtisodiy va moliyaviy sharoitlarga barqarorligini baholash maqsadida stress-test va ssenariy tahlillarini o‘tkazish jarayonlarini tashkil etish.

• Kredit portfeli sifatini, tavakkalchiliklar konsentratsiyasini hamda erta ogohlantirish ko‘rsatkichlarini (Early Warning Indicators – EWI) monitoring qilish.

• Zaxiralar shakllantirilishining to‘g‘riligini hamda Bank aktivlari sifatining baholanishini nazorat qilish.

• Yangi bank mahsulotlari, yirik kredit bitimlari va investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqishda tavakkalchiliklarni mustaqil baholashni ta’minalsh.

• Bankning kollegial organlari, jumladan Kredit qo‘mitasi, Aktivlar va passivlarni boshqarish qo‘mitasi (ALCO) hamda Tavakkalchiliklarni boshqarish qo‘mitasi faoliyatida ishtirok etish.

• Tavakkalchiliklar bo‘yicha muntazam tahliliy va boshqaruv hisobotlarini tayyorlash: har oyda – Bank Boshqaruvi uchun, har chorakda – Kuzatuv kengashi va Tavakkalchiliklarni boshqarish qo‘mitasi uchun.

• Tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazorat tizimining, shu jumladan himoyaning uch chizig‘i (Three Lines of Defense) modelining samarali ishlashini ta’minlash.

• Tavakkalchiliklarni boshqarish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tashqi auditorlar va xalqaro moliyaviy institutlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish.

• Bankda tavakkalchiliklarni boshqarish madaniyatini (Risk Culture) shakllantirish va rivojlantirish hamda asosiy biznes-jarayonlarga tavakkalchilikka asoslangan yondashuvni joriy etish.

• Risk menejment departamentiga rahbarlik qilish, mutaxassislar jamoasini rivojlantirish hamda xodimlarning professional salohiyatini oshirish.

• Ichki nazorat, korrupsiyaga qarshi siyosat va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha talablarga rioya qilinishini ta’minlash.

• Ijro.gov.uz tizimida faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

• Moliya, iqtisod, bank ishi yoki turdosh yo‘nalishlar sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lish.

• Bank sohasida kamida 5 yillik, shundan rahbarlik lavozimlarida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish.

• Tavakkalchiliklarni boshqarish sohasida kamida 7 yillik, shundan rahbarlik lavozimlarida kamida 2 yillik ish stajiga ega boʻlish (majburiy talab).

• Moliyaviy tashkilotlarda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha amaliy tajriba.

• Tavakkalchiliklarni boshqarish bo‘yicha xalqaro standartlarni, jumladan Bazel qo‘mitasining (Bazel II / Bazel III) tamoyillari, kapital yetarliligini baholash jarayonlari (ICAAP) va 9-sonli MHXS (IFRS 9) talablarini chuqur bilish.

• Bank mahsulotlari, kredit jarayonlari, moliya bozorlari va likvidlilikni boshqarishni (ALM) yaxshi tushunish.

• Risk-modellarini ishlab chiqish, stress-testlar o‘tkazish va kredit portfelini tahlil qilish bo‘yicha tajriba.

• Tartibga solish organlari va tashqi auditorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish tajribasi.

• Jamoalarni boshqarish hamda strategik o‘zgarishlarni amalga oshirish tajribasi.

• Rivojlangan analitik, strategik va boshqaruv kompetensiyalar.

• Xalqaro hujjatlar bilan ishlash va xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun yetarli darajada ingliz tilini bilish ustunlik hisoblanadi.

Nomzodga afzallik beradigan talablar

• Tavakkalchiliklarni boshqarish, audit, moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotlari sohasida xalqaro tan olingan sertifikat (FRM, PRM, CRM, CFA, CIMA, ACCA, CPA, CIA, CIPA, DipIFR va boshqalar) mavjudligi.

• Xalqaro banklar yoki moliyaviy institutlarda ish tajribasi.

• Xalqaro moliyaviy tashkilotlar (IFC, EBRD, ADB va boshqalar) bilan o‘zaro hamkorlik tajribasi.

Professional ko‘nikmalar

• Bank tavakkalchiliklarini (kredit, bozor, operatsion va likvidlilik tavakkalchiliklarini) boshqarish metodologiyalarini chuqur bilish;

• Kompleks tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlarini (Enterprise Risk Management Framework – ERMF) ishlab chiqish va joriy etish.

• Kredit tavakkalchiligini baholash modellarini (PD, LGD, EAD) ishlab chiqish va joriy etish.

• Stress-testlar va ssenariy tahlillarini o‘tkazish.

• Kapital yetarliligi va ICAAP jarayonlarini boshqarish.

• Zaxiralarni shakllantirish va kredit portfelini baholashda 9-sonli MHXS (IFRS 9) talablarini qo‘llash.

• Bank aktivlari va passivlarini hamda likvidliligini boshqarish (ALM);

• Tavakkalchiliklarni boshqarish bo‘yicha ichki qoidalar, metodologiyalar va siyosatlarni ishlab chiqish.

• Kredit portfelini tahlil qilish va tavakkalchiliklar konsentratsiyasini monitoring qilish.

• Boshqaruv, Kuzatuv kengashi va Tavakkalchiliklarni boshqarish qo‘mitasi uchun tavakkalchiliklar bo‘yicha tahliliy va boshqaruv hisobotlarini tayyorlash.

• Tartibga solish organlari, tashqi auditorlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish.

• Tavakkalchiliklarni baholashda analitik vositalar va moliyaviy modellashtirish usullaridan foydalanish.

Shartlar

• Lavozimga tayinlash Kuzatuv kengashi qarori asosida amalga oshiriladi.

• Bankning strategik boshqaruv jarayonlarida ishtirok etish.

• Barqaror moliyaviy tashkilotda faoliyat yuritish.

• Rasmiy mehnat munosabatlari asosida ishga qabul qilish.

• Shaxsiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyati.

• Kasbiy va lavozim bo‘yicha o‘sish imkoniyati.

• Ochiq va shaffof ish haqi tizimi (lavozim maoshi + KPI ko‘rsatkichlari asosida), ish haqi oyiga 3 marta to‘lanadi.

• Xodimning shaxsiy natijalariga bog‘liq bo‘lgan samarali rag‘batlantirish tizimi.

• Ish rejimi: haftasiga 5 ish kuni (dushanba-juma).

• Yosh va ahil jamoa.

• Ofis joylashuvi: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shox ko‘chasi,
4-uy, “Amir Temur xiyoboni” metro bekati yaqinida (metroga 5 daqiqa piyoda).

Ariza berish uchun rezyume namunasini yuklab oling, ko‘rsatilgan shakldan foydalanib to‘ldiring va bizga yuboring.

Hajmi: 24.58 КБ
Format: docx
Namuna bo‘yicha to‘ldirilmagan nomzodlarning rezyumelari ko‘rib chiqilmaydi.

Rezyume joʻnatish

Faylning maksimal hajmi 10.00 MB

* Toʻldirish majburiy boʻlgan katakchalar
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X