26 Jul 2024
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankning ovoz beruvchi (oddiy) aksiyalarining egalari boʻlgan aksiyadorlariga
BILIRISHNOMA
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi majlisining 2024-yil 1-iyundagi 18-sonli bayonnomasi asosida, nominal qiymati 1 068 (bir ming oltmish sakkiz) so‘m bo‘lgan 1 893 791 781 (bir milliard sakkiz yuz to‘qson uch million yetti yuz to‘qson bir ming yetti yuz sakson bir) dona oddiy egasining nomi yozilgan hujjatsiz shakldagi aksiyalar chiqarilganligini hamda ushbu chiqarilishdagi aksiyalar O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 2024-yil 24-iyulda Р0005-31-son bilan ro‘yxatga olinganligini maʼlum qiladi.
Aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorga muvofiq:
ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirishda ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar ularni imtiyozli ravishda olish huquqiga ega; aksiyador ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni o‘ziga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda imtiyozli olish huquqiga ega bo‘ladi;
Bank aksiyalarini imtiyozli olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning roʻyxati 2024-yil 1-iyun kuni holatiga shakllantirilgan Bank aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi;
imtiyozli huquq amalga oshirilgan taqdirda, aksiyadorlar aksiyalarning faqat butun miqdorini olishi mumkin;
imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyador aksiyalarni olishi toʻgʻrisida oʻzining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), oʻzi oladigan aksiyalarning soni koʻrsatilgan yozma shakldagi arizani va haq toʻlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Bankka (Bankning Bosh ofisi yoki Bank hududiy bo‘linmalari orqali) yuborish orqali oʻz imtiyozli huquqini toʻliq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida Bankka (Bankning Bosh ofisi yoki Bank hududiy bo‘linmalari orqali) taqdim etilishi kerak;
aksiyadorlarning aksiyalarni imtiyozli olish huquqi bildirishnoma e’lon qilingan paytdan e’tiboran 10 (oʻn) kun davomida amal qiladi;
imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi; ushbu chiqarilishdagi aksiyalar 1 068 (bir ming oltmish sakkiz) so‘mdan joylashtiriladi;
aksiyalar uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida faqat pul mablagʻlari bilan naqd va (yoki) naqdsiz shaklda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
aksiyalar to‘lanishiga kelib tushadigan naqd va (yoki) naqdsiz shakldagi pul mablag‘lari, shu jumladan plastik kartalardagi pul mablag‘lari ko‘chirilishi lozim bo‘lgan Emitentning bank rekvizitlari – bank nomi: “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki (qisqa nomi: “Mikrokreditbank” ATB), bank manzili: 100047, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shox ko‘chasi, 4-uy, bank tarkibiy bo‘linmasi nomi:
Amaliyot boshqarmasi (qisqa nomi: Amaliyot boshqarmasi), bank tarkibiy bo‘linmasi manzili: 100096, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 14-uy, bank STIR: 200547792, bank hisobvaraqlari: 29830000300000433277 (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi uchun), 29830000604515255001 (O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi uchun) va 29830000900000433213, bank kodi (MFO):00433 bo‘yicha qabul qilinadi;
imtiyozli huquq asosida har bir aksiyador olishga haqli boʻlgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi – aksiyador o‘ziga tegishli oddiy aksiyalarni Bank tomonidan ilgari joylashtirilgan jami 3 553 538 750 dona oddiy aksiyalardagi ulushini aniqlaydi va shu ulushga teng ulushda ushbu chiqarilishdagi aksiyalardan olishga haqli boʻladi.
Bankning elektron pochta manzili: info@mikrokreditbank.uz, rasmiy veb-sayti: www.mikrokreditbank.uz. Telefon: (71) 202-99-99 (ichki raqam:1304, 1308).

Koʻrishlar: 137