“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra bankning Buxoro viloyati Buxoro shahri Ibn Sino ko'chasi, 2-“A” uy (pochta indeksi 200104) manzilida joylashgan Buxoro viloyati Amaliyot bo‘limi tugatilib, o‘rnida Buxoro bank xizmatlari ofisi (BXO) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz. 

Amaliyot bo‘limi mijozlariga odatdagi tartibda “Buxoro” bank xizmatlari ofisi tomonidan Buxoro shahar Ibn Sino ko'chasi, 2-“A” uy (pochta indeksi 200104) manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.