Hurmatli aksiyadorlar!
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarning 2024-yil 27-iyundagi navbatdagi yillik umumiy yigʻilishida Bankning imtiyozli aksiyalari bo‘yicha 2006, 2014, 2015, 2016, 2017, 2019, 2020, 2021, 2022 va 2023-yillar yakunlari uchun dividend toʻlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Sizdan, o‘zingizga tegishli bo‘lgan “Mikrokreditbank” ATBning imtiyozli aksiyalari uchun hisoblangan dividendlarni “Mikrokreditbank” ATBga murojaat qilgan holda olishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.

Murojaat uchun telefon: (71) 207-46-51 (1304, 1308).