HURMATLI AKSIYADORLAR!

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2025-yil 8-aprel kuni, soat 11:00 dan boshlab, Toshkent shahri, Amir Temur shox koʻchasi, 4-uy manzilida joylashgan “Mikrokreditbank” ATB majlislar zalida oʻtkazilishini ma’lum qiladi.

Yigʻilish kun tartibi:
1. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
2. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi aʼzosi B.A. Musayevning oʻrniga B.E. Zaxidovni saylash.

“Mikrokreditbank” ATB Kuzatuv kengashining 2025-yil 13-martdagi majlisi qaroriga asosan, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar reyestri 2025-yil 2-aprel kuni holatiga hamda Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar reyestri 2025-yil 13-mart kuni holatiga tuziladi.

Aksiyadorlarni roʻyxatga olish 2025-yil 8-aprel kuni soat 10:00 dan 11:00 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonunchilikda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida videokonferens-aloqa tarzida ishtirok etuvchi aksiyadorlarga bu haqda qoʻshimcha ma’lumot beriladi.

Yigʻilish oʻtkazish boʻyicha qoʻshimcha axborot, unda koʻriladigan masalalarning hujjatlari bilan yuqoridagi manzilga va quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish hamda bankning korporativ veb-sayti (www.mikrokreditbank.uz) orqali tanishish mumkin.

Tel: 998 (71) 202-99-99 (1217, 1218)

Bank Kuzatuv kengashi