HURMATLI AKSIYADORLAR!

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2023-yil 28-dekabr kuni, soat 10:00da Toshkent shahri Lutfiy koʻchasi 14-uy manzilida joylashgan “Mikrokreditbank” ATB majlislar zalida oʻtkazilishini ma’lum qiladi.

Yigʻilish kun tartibi:

1. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.

2. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining joylashgan yerini (pochta manzilini) o‘zgartirish.

3. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki ustav kapitalini kamaytirish.

4. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Ustaviga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish.

5. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining avval roʻyxatdan oʻtkazilgan Aksiyalar qoʻshimcha chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda avval roʻyxatdan oʻtkazilgan Aksiyalar qoʻshimcha chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar matnini tasdiqlash.

6. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash. 

“Mikrokreditbank” ATB Kuzatuv kengashining 2023-yil 4-dekabrdagi majlisi qaroriga asosan, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar reestri 2023-yil 22-dekabr kuni holatiga hamda umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar reestri 2023-yil 4-dekabr kuni holatiga tuziladi.

Aksiyadorlarni roʻyxatga olish 2023-yil 28-dekabr kuni soat 09:00 dan 09:50 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonunchilikda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida videokonferens-aloqa tarzida ishtirok etuvchi aksiyadorlarga bu haqda qoʻshimcha ma’lumot beriladi.

Yigʻilish oʻtkazish boʻyicha qoʻshimcha axborot, unda koʻriladigan masalalarning hujjatlari bilan yuqoridagi manzilga va quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish hamda bankning veb-sayti (www.mikrokreditbank.uz) orqali tanishish mumkin. 

Tel: 998 (71) 202-99-99 (1304)

Bank Kuzatuv kengashi