
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining DIQQATIGA!
HURMATLI AKSIYADORLAR!
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi 2026-yil 29-iyun kuni, soat 15:00 dan boshlab, bevosita Toshkent shahri, Amir Temur shox koʻchasi 4-uy manzilida joylashgan “Mikrokreditbank” ATB majlislar zalida va “E-Vote” elektron ovoz berish platformasida (https://evote.uz) masofadan turib ishtirok etish orqali oʻtkazilishini ma’lum qiladi.
Yigʻilish kun tartibi:
1. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
2. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2025-yil yakunlari boʻyicha Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
3. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2025-yil faoliyati yakunlari boʻyicha Kuzatuv kengashining hisobotini tasdiqlash.
4. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruvining 2025-yil yakunlari boʻyicha va Bankni rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisidagi hisobotini hamda Bankning 2026-yildagi ustuvor vazifalarini tasdiqlash.
5. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatining 2025-yil yakunlari boʻyicha yillik hisobotini, jumladan buxgalteriya balansini, foyda va zararlari toʻgʻrisidagi hisobotini hamda auditorlik tashkilotining xulosasini tasdiqlash.
6. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatining 2025-yil yakunlari boʻyicha sof foydasini taqsimlash va imtiyozli aksiyalari bo‘yicha dividendlar to‘lash.
7. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini rivojlantirishning 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash.
8. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankida 2025-yil yakuni bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini va “Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv Qoidalari” tavsiyalariga rioya etilishini baholash natijalarini tasdiqlash.
9. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari faoliyatining 2025-yil uchun eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarining (KPI) yillik natijalarini ko‘rib chiqish.
10. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Ustaviga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish.
11. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining “Kuzatuv kengashi toʻgʻrisida” va “Boshqaruvi toʻgʻrisida”gi Nizomlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish.
12. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining kundalik xoʻjalik faoliyatini yuritish jarayonida (joriy xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq) affillangan shaxslar bilan va yirik bitimlarni kelgusida Bank tomonidan mustaqil amalga oshirishi uchun aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yigʻilishigacha boʻlgan davrda tuzilishi mumkin boʻlgan (kutilayotgan) bitimlarni aniqlash va ma’qullash.
“Mikrokreditbank” ATB Kuzatuv kengashining 2026-yil 2-iyundagi majlisi qaroriga asosan, Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar reyestri 2026-yil 23-iyun kuni holatiga hamda Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar reyestri 2026-yil 2-iyun kuni holatiga tuziladi.
Aksiyadorlarni roʻyxatga olish 2026-yil 29-iyun kuni soat 14:00 dan 15:00 gacha davom etadi.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonunchilikda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish “E-Vote” elektron ovoz berish platformasida (https://evote.uz) “Xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining yigʻilishlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibi toʻgʻrisida” Nizom (ro‘yxat raqami 3613, 2025-yil 24-mart) va “Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi tomonidan E-Vote elektron ovoz berish xizmatidan foydalanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish Qoidalari”ga muvofiq amalga oshiriladi. Jumladan:
ishtirokchi yigʻilish boshlangunga qadar platformadagi avtorizatsiya va identifikatsiyadan oʻtishni taʼminlovchi elektron kanallar orqali roʻyxatdan oʻtishi, shu jumladan platformaga kirish uchun jismoniy va yuridik shaxslarni identifikatsiyalashning yagona tizimida o‘ziga oid ma’lumotlarni taqdim etgan holda identifikatsiyadan oʻtishi kerak;
masofadan turib yig‘ilishda ishtirok etish va kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berishda elektron raqamli imzodan foydalaniladi;
aksiyadorning vakili yuqorida keltirilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnomani taqdim etadi;
platformadan foydalanishni ta’minlovchi texnik xodim: Kuzatuv kengashi kotibiyati bosh kotibi Turdibekov Zafar Shokul o‘g‘li, telefon: 998 (71) 207-46-51 (ichki raqam:1218).
Yigʻilish oʻtkazish boʻyicha qoʻshimcha axborot va unda koʻriladigan masalalarning materiallari bilan yuqoridagi manzilga va quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish hamda Bankning korporativ veb-sayti (https://mkbank.uz) va “E-Vote” elektron ovoz berish platformasi (https://evote.uz) orqali tanishish mumkin.
Telefon: 998 (71) 207-46-51 (ichki raqam:1218, 1304)
Bank Kuzatuv kengashi














