Joriy yilning 15-dekabr “Mikrokreditbank” ATB rahbariyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarining murojaatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari asosida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul oʻtkaziladi.

Mazkur qabul 15:00 da Qashqadaryo viloyati, Beshkent filiali bank binosida bo‘lib o‘tadi.

Unda hudud aholisi va tadbirkorlarning bir qator muammoli masalalari, taklif va mulohazalari tinglanadi hamda fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal qilishga yordam berish maqsad qilingan.

Ushbu ochiq muloqotga tadbirkorlarimizni taklif qilamiz.

Bank Axborot xizmati