“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Samarqand shahri “Bog’I Temur” MFY Lutfiy 15-uy manzilida joylashgan Samarqand filiali tugatilib, o‘rnida Samarqand bank xizmatlari ofisi (BXO) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Samarqand filiali mijozlariga odatdagi tartibda Samarqand bank xizmatlari ofisi (BXO) bankning Samarqand shahri “Bog’I Temur” MFY Lutfiy 15-uy manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














