
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Urgut tumani “Mergancha” MFY A.Temur ko’chasi 64-uyda manzilida joylashgan Urgut filiali tugatilib, o‘rnida Urgut bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Urgut filiali mijozlariga odatdagi tartibda Urgut bank xizmatlari markazi BXM Urgut tumani “Mergancha” MFY A.Temur ko’chasi 64-uyda manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














