
Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanidagi Gʻoyibon mahallasida kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan yana bir muvaffaqiyatli loyiha amaliyotga tatbiq etildi.
Bugun “ASLIDDIN ASL ESHIKLARI” korxonasi tomonidan eshik va romlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Natijada yangi ish oʻrinlari yaratildi va mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlari kengaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida, Mikrokreditbank tomonidan loyihaga 100 million soʻm kredit mablagʻi ajratildi. Ushbu mablagʻ evaziga eshik va romlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy uskunalar xarid qilindi hamda ishlab chiqarish jarayoni toʻliq yoʻlga qoʻyildi.
Yillik pul aylanmasi 600 million soʻmga yaqin boʻlgan bu korxona nafaqat aholiga sifatli mahsulotlar yetkazib bermoqda, balki mazkur loyiha yordamida kichik biznes egalari oʻz ishini kengaytirib, mahalliy iqtisodiyotga hissa qoʻshmoqda.
Bu kabi imkoniyatlardan xursand bo‘lgan tadbirkor Zarifa Narziyeva jahon tajribasi asosida faoliyatini yanada kengaytirishni maqsad qilgan.
“ASLIDDIN ASL ESHIKLARI” misolidagi bu kabi tashabbuslar tadbirkorlik rivojining yangi bosqichini anglatadi.
Bank Axborot xizmati