Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Barcha xaridlar yanada shaffof tizimga o‘tkaziladi

...
Yangilash: ...
Image
Barcha xaridlar yanada shaffof tizimga o‘tkaziladi

Keyingi yillarda yurtimizda davlat xaridlarini shaffof amalga oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi, manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari yangilandi. Albatta, ushbu tizimni rivojlantirish, barcha xaridlarni qonuniy va halol oʻtkazish maqsadida, sohada zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash yaxshi samara bermoqda. 

Buni inobatga olgan holda “Mikrokreditbank” ATB tijorat banklari ichida birinchi boʻlib, bankka zarur boʻlgan tovar va xizmatlar boʻyicha xaridlar rejasini raqamlashtirishni yoʻlga qoʻydi.  

Natijada bankning iABS dasturida yangi modul yaratilib, test rejimida amaliyotda qo‘llanilmoqda. Bunda bankning yillik xarid rejasini Bosh ofis va hududlar kesimida elektron shakllantirish, xaridlarni amalga oshirishni markazlashgan holda tashkillashtirish va bu bilan xarajatlar tejamkorligini oshirish taʼminlanadi. Eng asosiysi, tovar va xizmatlarni xarid qilish shaffof boʻlib, manfaatlar toʻqnashuvining oldi olinadi.  

Shuningdek, loyiha doirasida maxsus portallar - exarid.uzex.uz, XT-xarid.uz, cooperation.uz hamda etender.uzex.uz portallari bilan integratsiya qilish orqali ushbu platformalardagi bankning xarid jarayonlari iABS dasturida real vaqt rejimida koʻrinib turadi. 

Mahsulot yetkazuvchi hamda xizmat koʻrsatuvchilarga ochiq va shaffof tarzda oʻz xizmatlarini taklif qilish imkoniyati yaratiladi. Bunda bank binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha davlat xaridlarini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali inson omilisiz o‘tkaziladigan elektron tender (tanlov) savdolari orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan Davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarning (ishlar va xizmatlarning) yagona milliy klassifikatori orqali ma`lumot almashish yo‘lga qo‘yiladi. 

Asosiysi, bu jarayonlarda inson omili ishtirok etmaydi. Natijada esa manfaatlar toʻqnashuvi, korrupsiya, tanish-bilishchilik degan illatlarga oʻrin qolmaydi. Bu kabi raqamlashtirish ishlari kelgusida bank omborxonalarida ham amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. 

Bank Axborot xizmati




Yana ko‘ring

9 Dekabr 2025

MKBANK shaffoflik va qonun ustuvorligi yo‘lida

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni bo‘yicha “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.
9 Dekabr 2025

Yangilangan sayt sahifasi davlat tilida ishlamoqda

Sizning e’tibor va asosli takliflaringiz xizmatlarimizni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi
9 Dekabr 2025

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar bilan ochiq muloqot: muammolar, takliflar va yangi imkoniyatlar

MKBANK yoshlarga e’tiborni, tashabbuslarni doim qo‘llab-quvvatlaydi.
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X