G‘azalkent - tog‘ etaklarida joylashgan, musaffo havosi va betakror tabiati bilan ko‘plab sayyohlarni o‘ziga chorlaydigan hudud. Bu yerga har yili yuz minglab mahalliy va xorijiy mehmonlar tashrif buyurishadi. Shu bois turizm va xizmat ko‘rsatish sohasi tumandagi iqtisodiy taraqqiyotning asosiy yo‘nalishiga aylangan.

8.png

Mikrokreditbank ham hududdagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, xususan, xotin-qizlar tadbirkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Bank Boshqaruv raisi o‘rinbosari Shaxlo Ibragimova Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani G‘azalkent BXO tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalar bilan tanishdi.

Dastlabki manzil “GEMOTEST-LAB” xususiy klinikasi bo‘ldi. 2020-yilda tashkil etilgan mazkur davolash muassasasi hozirda “Mikrokreditbank” ATB G‘azalkent BXO bilan hamkorlikda ko‘p tarmoqli tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida qator investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirmoqda.

3.png

2024-yil 1,796 mlrd. so‘mlik kredit asosida noturg‘un bino, asbob-uskuna va jihozlar xarid qilingan bo‘lsa, yana 100 mln. so‘m kredit asosida rentgen, UZD asbob-uskunalari va jihozlar xarid qilindi. Jami kredit mablag‘lari 1,896 mlrd. so‘mdan ortiqni tashkil etdi.

photo_2025-09-10_18-21-29 (2).jpg

“Hozirgi kunda 6 nafar doimiy ishchi mehnat qilmoqda, to‘liq ishga tushsa, 25 ta ish o‘rni yaratiladi”- deydi Klinika rahbari Shaxlo Saydullayeva.

Joriy yilning 1-yarim yilligida “Mikrokreditbank” ATB G‘azalkent BXO orqali 7 milliard so‘mga yaqin kreditlar ajratilib, 35 nafar mijoz o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi. Shundan 14 nafari xotin-qizlar bo‘lib, ularning tashabbuslari uchun 3 milliard so‘m yo‘naltirildi. Natijada 40 nafarga yaqin aholi bandligi ta’minlandi.

2.png

Ana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan tadbirkorlardan biri milliy qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Toto Cake” oilaviy korxonasi rahbari Iroda Mirqurbonova.

“Mikrokreditbank yordamida korxonamiz uchun zamonaviy uskunalar xarid qildik. Hozir oyiga 80–90 ta to‘y va marosimlarga shirinlik tayyorlab, yetkazib beramiz. Yillik daromadimiz 300 million so‘mdan oshadi. Eng quvonarlisi, yuzlab qiz va kelinlarimiz bizning master-klasslarda ishtirok etib, bu sohada bilim olishmoqda. Ular orasida mustaqil faoliyat boshlaganlari ham ko‘p va men shogirdlarim bilan faxrlanaman”, — deydi Iroda opa.“Mikrokreditbank yordamida korxonamiz uchun zamonaviy uskunalar xarid qildik. Hozir oyiga 80–90 ta to‘y va marosimlarga shirinlik tayyorlab, yetkazib beramiz. Yillik daromadimiz 300 million so‘mdan oshadi. Eng quvonarlisi, yuzlab qiz va kelinlarimiz bizning master-klasslarda ishtirok etib, bu sohada bilim olishmoqda. Ular orasida mustaqil faoliyat boshlaganlari ham ko‘p va men shogirdlarim bilan faxrlanaman”, — deydi Iroda opa.

photo_2025-09-10_18-21-29 (3).jpg

Ushbu korxonada o‘tkaziladigan master-klasslarga chet ellik mutaxassislar ham jalb etiladi. Yaqinda Xitoyning “Perilla-food” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan G‘azalkent konditerlari uchun master-klass tashkil etildi. Bu esa hududdagi mutaxassislarning ko‘proq bilim va malakaga ega bo‘lishlariga xizmat qildi.

Shu kuni tumanning turizm salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan “BEGZOD IBROXIM BIZNESS” MCHJning mehmon uyi loyihasi bilan ham tanishildi.

Ushbu mehmon uyi barpo etish uchun Mikrokreditbank tomonidan 1,25 milliard so‘mdan ziyod kredit mablag‘i yo‘naltirilgan. Zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan mazkur maskan bir vaqtning o‘zida 20–25 nafar sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega. Ushbu loyiha orqali kelgusida 10 tagacha mavsumiy ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilmoqda.

G‘azalkent musaffo tabiati, turizm imkoniyatlari va mehnatsevar aholisi bilan tobora yuksalib bormoqda. Bu jarayonda “Mikrokreditbank” ATB tadbirkorlar uchun ishonchli hamkor sifatida ularning tashabbuslarini amalga oshirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bank Axborot xizmati