
Bilamizki, kitob – tafakkur kaliti, insonni ilhomlantiruvchi, hayotga yangicha nigoh baxsh etuvchi manba. Ana shu maqsadda bank Bosh ofisida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Bugungi tadbir ham bank tomonidan xodimlar oʻrtasida kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni oshirish, ularning intellektual salohiyatini kengaytirish va maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini boyitish xizmat qildi.

“BOOK.uz” bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘rgazmada 2 000 ga yaqin ilmiy va badiiy kitoblar namoyish etildi. Yarmarkada nafaqat badiiy adabiyot, balki iqtisodiy, psixologik-motivatsion, tarixiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar uchun moʻljallangan ensiklopediya va ertak kitoblari ham keng oʻrin oldi.

Shuningdek, jahon va oʻzbek adabiyotining nodir namunalaridan iborat durdona kitoblar bank xodimlarida katta qiziqish uygʻotdi.

Tadbir jarayonida ko‘pchilik xodimlar o‘zlari uchun yangi mualliflar va asarlarni kashf etdi.

Kimdir uzoq kutilgan sevimli asarini topdi, kimdir esa o‘qishni endi odatga aylantirish niyatida birinchi kitobini xarid qildi.

Bu ma’naviy muloqot, ilhom va fikr almashuv maydoni sifatida ham esda qolarli bo‘ldi.
MKBANK jamoasi uchun bunday tashabbuslarni an’anaviy tarzda davom ettiradi.
Bank Axborot xizmati


















