
Hurmatli hamkasblar!
“Mikrokreditbank” ATBda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha samarali tizim yoʻlga qoʻyilgan. Bu boradagi faoliyat Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Departamentning asosiy vazifasi - bankda shaffoflikni taʼminlash, har qanday korrupsion holatlarni aniqlash va oldini olish hamda xodimlar va mijozlarning huquqlari himoya qilinishiga koʻmaklashishdir.
Agar Siz korrupsiyaga oid holat, qonunbuzarlik yoki shubhali vaziyatlarga duch kelsangiz, bankimizning quyidagi ishonch raqami va aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
Elektron pochta: mkbanticor@mkb.uz
Telegram bot: @mkbanticor_bot
Ishonch telefoni: (+998 55) 503-77-11
Ramiy veb-sayt: www.mkbank.uz — “Antikorrupsiya” sahifasi orqali
Facebook sahifasi: mkbank.uz — “Antikorrupsiya” boʻlimi orqali
Murojaatlar anonim tarzda ham qabul qilinadi.
Unutmang, korrupsiya haqida xabar bergan yoki uning oldini olishga koʻmaklashgan xodimlar yoki fuqarolarning xavfsizligi kafolatlanadi!
Bankimizda shaffof va adolatli ish muhitini taʼminlash - barchamizning umumiy maqsadimiz!
Agar siz korrupsiya holatlariga yoki noqonuniy harakatlarga duch kelsangiz, befarq qolmang - bu haqda bizga xabar bering.
Har qanday vaziyatda ham korrupsiyaga yo‘q deng!