Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11775
Sotish
11860
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11775
11860
11830.87
EUR
13000
14000
13450.52
RUB
141
139.27
GBP
15600
16600
15643.96
CHF
13800
14800
14297.12
JPY
50
100
74.49
Kurs 25.09.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Mahallada biznes boshlash va rivojlantirish uchun moliyaviy imkoniyatlar

...
Yangilash: ...
Image
Mahallada biznes boshlash va rivojlantirish uchun moliyaviy imkoniyatlar

Mahallada tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mavjud biznesni kengaytirish yoki yangi yo‘nalishni boshlash uchun moliyaviy mablag‘ zarur bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda tadbirkor o‘z faoliyatining ko‘lami va ehtiyojidan kelib chiqib, tegishli kredit mahsulotidan foydalanishi mumkin.  “Mikrokreditbank” ATB tomonidan mahallalarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Mahalla tadbirkori” hamda “Biznesga birinchi qadam” kreditlari taklif etilmoqda.

Ushbu kreditlar orqali biznesni boshlash yoki rivojlantirish uchun zarur mablag‘larni jalb qilish imkoniyati mavjud.

“Mahalla tadbirkori” krediti

Mazkur kredit o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining biznes faoliyatini rivojlantirishga mo‘ljallangan. Kreditdan “Mikrokreditbank” ATBga biriktirilgan va boshqa tuman (shahar)larda yashovchi, o‘zini o‘zi band qilganligi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganiga 6 oydan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishi mumkin.

Kredit miqdori:
• jismoniy shaxslar uchun — 100 mln so‘mgacha;
• tadbirkorlik subyektlari uchun — 300 mln so‘mgacha.

Kredit muddati 24 oydan 84 oygacha, imtiyozli davri esa 12 oygacha etib belgilanadi. Foiz stavkasi — 21 foiz.

Masalan, mahallada tikuvchilik, qandolatchilik, xizmat ko‘rsatish yoki boshqa faoliyatni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgan fuqaro zarur uskuna, xomashyo yoki boshqa biznes xarajatlarini moliyalashtirish uchun ushbu kredit imkoniyatidan foydalanishi mumkin.

“Biznesga birinchi qadam” krediti

Biznes faoliyatini endigina boshlayotganlar uchun “Biznesga birinchi qadam” krediti ham moliyaviy imkoniyatlardan biridir. Ushbu kredit ham “Mikrokreditbank” ATBga biriktirilgan va boshqa tuman (shahar)larda yashovchi, o‘zini o‘zi band qilganligi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganiga 6 oydan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda tadbirkorlik subyektlariga mo‘ljallangan.

Kredit 50 mln so‘mgacha miqdorda ajratilishi mumkin. Foiz stavkasi 21 foiz, imtiyozli davri esa 6 oygacha.

Misol uchun, uy sharoitida xizmat ko‘rsatish yoki mahsulot ishlab chiqarish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkor dastlabki jihozlar, xomashyo va boshqa zarur xarajatlarni moliyalashtirish uchun ushbu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.

Biznesingiz uchun zarur imkoniyatni tanlang!

Har qanday biznes avvalo aniq reja va hisob-kitobdan boshlanadi. Kredit olishdan oldin mablag‘ning qanday maqsadda ishlatilishi, biznesdan kutilayotgan daromad va kredit to‘lovlarini amalga oshirish imkoniyatlarini hisobga olish muhim.

“Mahalla tadbirkori” krediti 100 mln so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ga ehtiyoj sezayotgan jismoniy shaxslar hamda 300 mln so‘mgacha moliyalashtirish zarur bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, “Biznesga birinchi qadam” krediti 50 mln so‘mgacha mablag‘ bilan biznes faoliyatini boshlash yoki rivojlantirish imkoniyatini beradi.

Tadbirkorlik g‘oyangizni aniq reja asosida amalga oshiring va mahallangizda yangi biznes imkoniyatlarini yarating.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

25 Sentyabr 2026

SWIFT o‘tkazmalarida maxsus tarif: qo‘shimcha to‘lovlar bekor qilindi

Maxsus tarif 2026-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.
25 Sentyabr 2026

Eksportni rivojlantirish uchun — 10 mln dollargacha moliyaviy resurs

Kredit muddati korxonaning faoliyat yo‘nalishi va loyihasidan kelib chiqib belgilanadi.
25 Sentyabr 2026

Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!

Jim turish – bu illatga ijozat berishdir.

Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X