
Ma'lumki, joriy yilning 16–18-sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Islomiy bank tizimini joriy etish: barqaror moliyaviy tizim sari harakat” mavzusidagi 20-xalqaro shariat olimlari forumida “Mikrokreditbank” ATB "Gold Partner" sifatida qatnashdi.
Muloqotlarda bank vakillari islom moliyasi instrumentlarini bank sektoriga integratsiya qilish hamda sohada barqaror mexanizmlar yaratish masalalarini muhokama qilishdi.
Ushbu Forumda AQSH, Yaqin Sharq, Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyoning 20 dan ziyod mamlakatlaridan kelgan ekspert va olimlar ishtirok etishdi. 19 marta Malayziyada oʻtkazilgan forumga bu yil ilk bor Oʻzbekiston mezbonlik qildi.
Forum yakunida tashkilotchilar tomonidan Mikrokreditbank vakillarining tadbirdagi faol ishtiroki alohida e'tirof etildi.
Bank Axborot xizmati