Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

MKBANK: Ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash gender tenglikka ishonch beradi

...
Yangilash: ...
Image
MKBANK: Ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash gender tenglikka ishonch beradi

Mikrokreditbank” ATBda “Xotin-qizlar tadbirkorligi va gender tenglik: davlat va jamiyat hayotida ayollar rolini oshirish” mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi Malika Qodirxonova, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliyaviy ommaboplik boʻyicha bosh direktori Dilbar Abduganiyeva, “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi oʻrinbosari Shaxlo Ibragimova, bankning tegishli departamentlari, hududiy boshqarmalarning xotin-qizlar tadbirkorligi boʻyicha masʼul xodimlari va bank mijozi boʻlgan tadbirkor xotin-qizlar ishtirok etdi.

4.png

7.png

Seminarda spikerlar tomonidan Oʻzbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun erishilayotgan natijalar, Xalqaro maydonda Oʻzbekiston tajribasining eʼtirof etilayotgani, bugun oʻzbek ayollarining davlat va jamiyatdagi oʻrni tobora mustahkamlanib borayotgani haqidagi asoslangan maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, gender siyosati endilikda islohotlar bosqichidan tizimli siyosat darajasiga koʻtarilayotgani taʼkidlandi va bu yo‘lda moliyaviy ommaboplik hamda savodxonlikning muhiligi tushuntirildi.

8.png

O‘quv-seminar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi  “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-103-sonli qarori doirasida ishlab chiqilgan “Ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida moliyaviy xizmatlar koʻrsatish strategiyasi”ning mazmun-mohiyati ham ishtirokchilarga tanishtirildi.

6.png

Ushbu strategiya ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda tijorat banklarining ishtiroki va faolligini kuchaytirish, ayollar orasida kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishi, moliyaviy sohada inklyuzivlikni yaxshilash, shuningdek, sektorda mahsulotlarning xilma-xilligini har tomonlama rivojlantirish kabi qator ustuvor vazifalarni qamrab oladi.
Shuningdek, uchrashuv davomida yana qator mavzularda muloqotlar olib borildi, tadbirkorlar oʻz faoliyatidan kelib chiqib, taklif va tashabbuslari bilan oʻrtoqlashdi.

2.png

Tadbirkorlik uchun, avvalo, tavakkalchilik, mablagʻ, bilim va koʻnikmadan ham muhim boʻlgan yoʻnalish bor. Bu – marketing, raqamli savodxonlik va mentorlik.  Shu kabi muhim maʼlumotlar esa ishtirok etayotgan tadbirkor opa-singillarimiz uchun yangi bilimlar manbai boʻla oldi. 

1.png

Qiziqarli, samimiy, ochiq va erkin muloqot muhiti yaratildi. “Mikrokreditbank” ATBda oʻtkazilgan mazkur seminar xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va gender tenglikni taʼminlash yoʻlida amaliy qadam boʻldi.

Bank Axborot xizmati





Yana ko‘ring

15 Aprel 2026

UPT orqali pul o‘tkazmalarini qabul qilish yanada soddalashdi

Endi UPT orqali yuborilgan mablag‘ni bankka bormasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri MAVRID ilovasi orqali oling
14 Aprel 2026

MKBANKning "Bank of China"da to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrespondentlik hisobvarag‘i ochildi

Mazkur yangilik mijozlarga yangi qulayliklar yaratadi
13 Aprel 2026

MKBANKda raqamlashtirish bo‘yicha yana bir muhim yangilik!

Endilikda bankda har bir bo‘linma o‘z biznes rejasini tizimda shakllantiradi
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X