
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Chess Board Open Championship of “Uzbekhydroenergo” JSC” shaxmat bo‘yicha ochiq chempionatining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada barcha vazirlik va idoralarning 120 nafardan ortiq xodimlari FIDE qoidalari asosida bahslashdi.
Quvonarlisi, mazkur nufuzli musobaqada MKBANK sharafini munosib himoya qilgan Sirdaryo hududiy boshqarmasi Xovos BXM xodimi Akmal Shermatov banklar bo‘yicha 2-o‘rinni, vazirlik va idoralar orasida esa faxrli 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Bu natija Akmal Shermatovning shaxmatga bo‘lgan ishtiyoqi, intilishi hamda bank rahbariyatining sportga bo‘lgan e’tiborining yorqin ifodasidir.
Hamkasbimiz Akmal Shermatovni ushbu natija bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Kelgusidagi musobaqalarda ham yangi g‘alabalar, yuqori marralar va ulkan zafarlar tilaymiz!
MKBANK xodimlar o‘rtasida sportga qiziqishni doim qo‘llab-quvvatlaydi.

















