
MKBANK mijozlari uchun xalqaro pul o‘tkazmalaridan foydalanishda qo‘shimcha qulaylik yaratildi.
Endilikda Ria xalqaro pul o‘tkazmalari orqali yuborilgan mablag‘larni MKBANK kassalaridan yoki MAVRID mobil ilovasi orqali nafaqat AQSh dollarida, balki yevro (EUR) valyutasida ham olish mumkin.
Mablag‘larni naqd pul shaklida yoki bank kartasiga qabul qilish imkoniyati mijozlarga o‘zlari uchun qulay valyuta va usulni tanlash imkonini beradi.
Mazkur xizmat xalqaro pul o‘tkazmalarini tezkor, qulay va xavfsiz tarzda qabul qilish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

















