Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Mikrokreditbank xodimlari Germaniyada malaka oshirishdi

...
Yangilash: ...
Image
Mikrokreditbank xodimlari Germaniyada malaka oshirishdi

Maʼlumki, Davlatimiz rahbari joriy yilning may hamda sentabr oylarida Germaniyaga tashrifi davomida bank moliya sohasida, jumladan, Germaniyaning “Deutsche Bank”, “Commerzbank”, “KfW” va “Landesbank” kabi eng yirik banklari bilan loyihalarni moliyalashtirish borasidagi hamkorlikni kengaytirish boʼyicha muhim kelishuvlarga erishgan edi. 

Ushbu uchrashuvning mantiqiy davomi sifatida joriy yilning 9-12 oktabr kunlari “Mikrokreditbank” АTB xodimlaridan iborat delegatsiya Germaniyada boʼlishdi. Mazkur safar davomida bir qator kelishuvlarga erishilib, xorijiy tajriba bilan yaqindan tanishishdi.

Frame 7661.png

Bank Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari, departament direktorlari hamda hududiy filial rahbarlaridan iborat delegatsiya dastlab, Baden-Vyurttemberg shparkassalari assotsiatsiyasiga (SVBW) tashrif buyurishdi. Аssotsiatsiya rahbari tomonidan filial tizimlari va ularni qayta tartibga solish, raqamli banking, mijozlarni segmentatsiyalash, ixtisoslashuvlar mavzularida seminar o‘tkazildi. 

Shuningdek, Shparkassalar akademiyasiga tashrif buyurilib, Аkademiya rahbari janob Аrnold va boshqa rahbar xodimlar shparkassalarning umumiy o‘qitish va malaka oshirish tizimi bilan tanishildi. Xizmatlarni sotish sohasida maxsus taʼlim yo‘llari va takliflari, sotuv yo‘nalishlari bo‘yicha ham seminar o‘tkazildi.

Frame ssss.png
 
Delegatsiya aʼzolari Landsbank (Landesbank Baden-Württemberg (LBBW)) faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ham ega bo‘lishdi. Bankning savdoni moliyalashtirish va to‘lovlar bo‘yicha Bosh direktori janob Thomas Lehmpuhl (Managing Director, FI Trade Finance & Payments Services), Savdoni moliyalashtirish va to‘lovlar bo‘yicha direktorlar Irina Rausch (Director, FI Trade Finance & Payments Services) va Elvira Petrik (Director, FI Trade Finance & Payments Services) lar bilan ochiq muloqot tarzda fikr almashildi. 

Uchrashuv davomida, Mikrokreditbank Boshqaruv raisi oʼrinbosari Ibrohim Mamadjanov bank va bankning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida maʼlumot berdi. Shuningdek, tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. 

Uchrashuv yakuniga ko’ra, Landsbank va Mikrokreditbank o‘rtasida uzoq muddatli moliyaviy resurslarni jalb qilish, xorijiy valyutadagi vakillik hisobvaraqlarini ochish hamda boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. 

Frame 7659.png

Bundan tashqari delegatsiya aʼzolari Baden-Vyurttemberg hududidagi Ludwigsburg (Kreissparkasse Ludwigsburg) va Tübingen (Kreissparkasse Tübingen) shaharlarida joylashgan Shparkassa filiallari faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi. 

Mazkur filiallarda mijozlarni qabul qilish, ular bilan uchrashuvlar tashkil etish, maslahatlar berish, bank mahsulotlarini mijozlarga sotish yo‘nalishlari, avvalambor filialda sotuvning yangicha tashkil etilishi hamda raqamli bank xizmatlari ko‘rsatish, tegishli marketing ishlarini tashkil etilganligi, “Aloqa markaz” faoliyati va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish jarayonlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lishdi. 

Qisqacha aytganda, Mikrokreditbank ATB xodimlari Germaniyaga qilgan safari davomida o’zaro tajriba almashish, yangi bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish, umuman olganda Baden-Vyurttemberg hududi Shparkkassalari amaliyoti qo‘llanilayotgan ilgʼor bank xizmatlari bilan yaqindan tanishib qaytishdi. Ushbu zamonaviy bank xizmatlarini amaliyotda qo’llash bo’yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab olishdi. 

Bank Аxborot xizmati

Ўзбекча:
Микрокредитбанк ходимлари Германияда малака оширишди
Русский:
Сотрудники Микрокредитбанка прошли обучение в Германии
English:
Microkreditbank employees trained in Germany


Yana ko‘ring

5 Dekabr 2025

MKBANK: Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q!

Tadbirda xotin-qizlarni har qanday zo‘ravonlikdan, xususan, raqamli makondagi tahdidlardan himoya qilish muhim ekanligi ta’kidlandi. 

4 Dekabr 2025

Bayramda ish tartibimiz!

Dam olish kunlarida "MAVRID" ilovasidan 24/7 rejimda masofadan turib foydalanishingiz va barcha to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin!

2 Dekabr 2025

MKBANK PAYSEND xalqaro pul o‘tkazmasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

MKBANK mijozi bo‘lsangiz, pul o‘tkazmalarini yuborish yoki qabul qilib olish uchun bankka tashrif buyurishingiz shart emas.
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X