
Mikrokreditbank bilan Chevrolet avtomobillarini xarid qilish imkoniyatlari kengaytirildi
“Mikrokreditbank” ATB hamda UzAuto Motors o'rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Unga ko'ra "Mikrokreditbank" tomonidan aholiga yanada qulaylik taqdim etish maqsadida Chevrolet avtomobillarini xarid qilish uchun yangi moliyalashtirish shartlari taqdim etilmoqda. Endilikda, mijozlar moslashuvchan va manfaatli shartlar asosida avtomobil egasiga aylanish imkoniga ega.
Mazkur taklif doirasida Damas, Labo hamda Captiva rusumidagi avtomobillarni xarid qilishda 0 foizlik moliyalashtirish stavkasi amal qiladi. Shuningdek, boshlang‘ich to‘lov miqdori 25 foizdan 50 foizgacha belgilangan bo‘lib, to‘lov muddati 10 oydan 24 oygacha etib belgilanishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, moliyalashtirish shartlari tanlangan avtomobil modeli hamda boshlang‘ich to‘lov miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi. Avtomobillar amaldagi narxlarda, chegirmalarsiz taklif etiladi.
Mazkur imkoniyat mijozlarga ortiqcha moliyaviy yuklamalarsiz, o‘z ehtiyojlariga mos avtomobilni xarid qilishda qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
Bank Axborot xizmati


















