Joriy yilning 7–8-noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro Samarkand Marathon – 2026 musobaqasida MKBANK jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Registon maydonidan start olgan mazkur xalqaro marafon dunyoning 63 ta mamlakatidan 10 ming nafardan ortiq professional va havaskor yuguruvchilarni birlashtirdi. Ishtirokchilar 2, 5, 10, 21 va 42,2 kilometr masofalarda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.


MKBANK xodimlarining ushbu sport tadbiridagi ishtiroki, avvalo, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilish, jismoniy faollik va jamoaviy hamjihatlikning yorqin namunasidir.

Ta’kidlash joizki, Samarkand Marathon nafaqat sport musobaqasi, balki xayriya tashabbusi sifatida ham alohida ahamiyatga ega.
MKBANK jamoasi uchun bunday tadbirlarda qatnashish shunchaki sport sinovi emas, balki sog‘lom avlod, faol jamiyat va ezgu maqsadlar yo‘lida birlashish imkoniyatidir.

Zero, har bir qadam – salomatlik sari, har bir marraga intilish esa yangi yutuqlar sari tashlangan qadamdir.

P/s: Samarkand Marathon 2026 Butunjahon yengil atletika assotsiatsiyasining World Athletics Elite Label maqomiga ega boʻldi.
Bank Axborot xizmati















