Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
12010
Sotish
12070
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
12010
12070
12019.08
EUR
13000
14000
13689.73
RUB
154
153.87
GBP
15600
16600
16008.21
CHF
14200
15200
14722.05
JPY
50
100
73.43
Kurs 27.07.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

MKBANK tashabbuslari Buxoro viloyatida mahallalar iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda

...
Yangilash: ...
Image
MKBANK tashabbuslari Buxoro viloyatida mahallalar iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda
Buxoro viloyatida mavjud 516 ta mahallaning 69 tasi (13 foizi) “past” toifaga kiritilgan boʻlib, bu koʻrsatkich respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan (24 foiz) 11 foiz bandiga pastdir. Bu viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy holat nisbatan barqaror ekanligidan dalolat beradi. Shunga qaramay, ushbu 69 ta ogʻir mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish va aholi turmush darajasini yaxshilash boʻyicha tizimli ishlar boshlandi.

Xususan, mazkur mahallalarning 17 tasida kambagʻallik darajasi 4 foizdan yuqori, 33 tasida ixtisoslashuv darajasi 35 foizdan kam hamda 37 tasi tashabbusli byudjetda ishtirok etmagan. Hududlar kesimida tahlil qilinganda, bunday mahallalarning eng koʻp qismi Gʻijduvon (17 ta) va Shofirkon (12 ta) tumanlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Shuningdek, Jondorda 11 ta, Olot va Peshkuda 6 tadan, Buxoro va Romitan tumanlarida 5 tadan, Buxoro shahri va Vobkent tumanida 3 tadan, Qorakoʻlda 2 ta, Kogon shahri, Kogon va Qorovulbozor tumanlarida 1 tadan mahalla “past” toifadadir.

Frame 2131331768.png

Berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 23-iyul kuni Mikrokreditbank Boshqaruv raisi, rais oʻrinbosari va Bosh bank xodimlaridan iborat ishchi guruh Buxoro viloyatiga yetib bordi. Tashrif doirasida viloyatga biriktirilgan Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi raisi A. Mahamatov hamda viloyat hokimi B. Zaripov boshchiligida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazilib, masʼullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Viloyat hokimligi farmoyishiga asosan mazkur 69 ta mahallaga iqtisodiy kompleks rahbarlari masʼul etib biriktirilib, maxsus viloyat shtabi tashkil etildi.

Ishchi guruh tomonidan 23–24-iyul kunlari Qorakoʻl, Gʻijduvon va Shofirkon tumanlarida dastlabki oʻrganish ishlari olib borildi. Masalan, Qorakoʻl tumanidagi 1 002 ta xonadon va 4 002 nafar aholi istiqomat qiladigan “Chekirchi” mahallasi ixtisoslashuv darajasi 35 foizdan pastligi sababli roʻyxatga kiritilgan. Tuman markazida joylashgan ushbu mahallaning asosiy drayveri savdo va xizmat koʻrsatish boʻlib, ayni paytda 190 ta xonadon (19%) bu yoʻnalishda rasmiy faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, mahalla katta taʼlim salohiyatiga ega: tumanda har yili oʻrtacha 6,6 ming nafar abituriyent 18 ta oʻquv markazida tahsil oladi, ularning 5,6 ming nafari boshqa hududlardan kelib, 10 oy davomida shu yerda yashaydi. Ishchi guruh tomonidan bu kabi oʻziga xos drayverlarni rivojlantirish orqali mahallalarni “past” toifadan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

“Chekirchi” mahallasidagi mavjud vaziyat tahlil qilinib, hududdagi norasmiy xizmatlar sohasini legallashtirish boʻyicha aniq takliflar ilgari surildi. Maʼlum boʻlishicha, tumandagi ijara uylari va tayyorlov markazlarini oʻrnatilgan standartlar asosida qayta taʼmirlash hamda jihozlash uchun imtiyozli kreditlarga katta talab mavjud.

Bu borada, ayniqsa, naqd pul shaklidagi kreditlarga ehtiyoj yuqori boʻlganligi sababli, “Mahalla loyihasi” dasturi doirasida xizmat koʻrsatish sohasiga ajratiladigan kreditlarga Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan kompensatsiya qoʻllash taklif etilmoqda (hozirgi kunda ushbu kompensatsiya faqat yetishtirish va qayta ishlash yoʻnalishlariga qoʻllanilmoqda). 

Ushbu taklifning hayotga tatbiq etilishi natijasida tumanda har yili shakllanayotgan 113,4 mlrd soʻmlik iqtisodiy aylanma rasmiy iqtisodiyotga jalb qilinadi. Bu esa mahalliy byudjetga 10–15 mlrd soʻm qoʻshimcha tushum taʼminlash, xizmat koʻrsatish sohasini kengaytirish hamda yangi 150 ta ish oʻrni va 60 ta tadbirkorlik subyekti yaratish imkonini beradi.

Oʻrganishlar davomida keyingi manzil Jondor tumani bilan chegaradosh boʻlgan va dehqonchilikka drayver sifatida ixtisoslashgan “Solur” mahallasi boʻldi. Mazkur mahalla ixtisoslashuv darajasi 35 foizdan pastligi (19 foiz) sababli “past” toifadagi mahallalar roʻyxatiga kiritilgan. Bugungi kunda ushbu mahallada 775 ta xonadon mavjud boʻlib, unda 4 200 nafar aholi istiqomat qiladi.

Mahalladagi aholi tomorqa yer maydonlari 114 gektarni, ijara asosida foydalanishga berilgan yer maydonlari esa 17 gektarni tashkil etsa-da, hozirgi kunda ushbu yerlardan yuqori daromadli va eksportbop ekinlarni yetishtirishda samarali foydalanilmayotgandi. Hududdagi iqtisodiy koʻrsatkichlarni oshirish maqsadida qoʻshni “Shoʻrrobot” mahallasining tajribasidan foydalanish belgilandi. Maʼlumot uchun, “Shoʻrrobot” mahallasi qulupnaychilikka (54%) ixtisoslashgan boʻlib, shu yerlik dehqon Alisher Rajabov 12 nafar fuqaroga ijara gektarlaridan berilgan 5 gektar yer maydonida kooperatsiya asosida qulupnay yetishtirmoqda.

Ushbu muvaffaqiyatli tajribani qoʻllagan holda, “Solur” mahallasini ham qulupnaychilikka ixtisoslashtirish rejalashtirildi. Dastlabki qadam sifatida 2 gektar ijara yer maydonining 10 sotixida issiqxona va 1,9 gektar ochiq yer maydonida “Viktoriya” navli qulupnay ekildi.

Frame 2131331771.png

Mahallani toʻliq rivojlantirish uchun quyidagi taklif ilgari surilmoqda:

  • “Agrostar” koʻmagida kooperatsiya tizimi asosida 10 gektar ijara yer maydonida qulupnaychilik klasterini tashkil etish. Bunda yer egalarini kooperatsiyaga jalb qilish, intensiv texnologiyalar va tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish, sifatli koʻchatlar yetkazish hamda mahsulotni saqlash va sotish zanjirini (value chain) shakllantirish koʻzda tutilgan. 
  • Shuningdek, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili va targʻiboti asosida mahalladagi 300 ta xonadonda qulupnaychilik issiqxonalari tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

Ishchi guruhning keyingi manzili asalarichilikka ixtisoslashgan hamda 100 ga yaqin xonadon asal yetishtirish bilan shugʻullanadigan “Jigʻachi” mahallasi boʻldi. Mahalladagi ushbu salohiyatni yanada kengaytirish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida bank tomonidan tizimli choralar koʻrildi.

Xususan, Mikrokreditbank tashabbusi bilan hududdagi lider tadbirkor — “Xasanobod Shifo Bol” fermer xoʻjaligiga aholini kooperatsiya asosida asalarichilikka jalb qilish loyihasi uchun 700 mln soʻm miqdorida kredit mablagʻi ajratildi. Shuningdek, bank homiyligida mahalladagi 10 ta kam taʼminlangan xonadonga bepul 100 quti asalarichilik uyasi tarqatildi.

Olib borilgan amaliy ishlar natijasida bugungi kunda 50 ta xonadon muvaffaqiyatli ravishda yagona kooperatsiyaga birlashtirildi. Fermer xoʻjaligi tomonidan yetishtirilgan asalni qayta ishlash va qadoqlash tizimi yoʻlga qoʻyilib, “Biobol organik” yangi mahalliy brendi yaratildi. Hozirgi vaqtda mazkur korxona tomonidan yiliga 10,5 tonna yuqori sifatli asal yetishtirilib, qadoqlangan holda isteʼmolchilarga yetkazib berilmoqda.

Bu kabi kooperatsiya modellari “past” toifadagi mahallalarda aholi bandligini taʼminlash va ularni daromadli mehnatga jalb qilishda yuksak samaradorlik koʻrsatmoqda.

Shu bilan birga, mahalladagi sobiq MMTP binosining 0,9 gektar yer maydonida zamonaviy “Mikromarkaz” tashkil etish belgilangan. Loyiha infratuzilmasini barpo etish uchun “Drayver” loyiha dasturi doirasida Respublika byudjetidan 4,2 mlrd soʻm mablagʻ ajratildi.

Frame 2131331757.png

Ushbu mikromarkaz faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida muhim taklif ilgari surildi: Mikrokreditbank tashabbusi bilan “MKB Kasana Invest Group” MChJ orqali hududda 38 ta savdo va 19 ta xizmat koʻrsatish obyekti quriladi. Mazkur tayyor obyektlar tadbirkorlarga xizmat koʻrsatish ipotekasi shartlari asosida uzoq muddatli kreditga sotiladi.

Bu tizimning joriy etilishi natijasida “Jigʻachi” mahallasi atrofdagi 4 ta MFY uchun yirik savdo va xizmat koʻrsatish markaziga aylanadi. Shuningdek, hududda 60 ta yangi tadbirkorlik subyekti faoliyati yoʻlga qoʻyilib, qoʻshimcha 180 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Buxoro viloyatidagi 69 ta “past” toifadagi mahallada boshlangan tizimli oʻrganishlar va amaliy choralar hududlarning oʻziga xos “drayver” yoʻnalishlarini yuzaga chiqarishda muhim qadam boʻldi. “Chekirchi” mahallasidagi xizmat koʻrsatish sohasi, “Solur” mahallasidagi qulupnaychilik kooperatsiyasi hamda “Jigʻachi” mahallasidagi asalarichilik va zamonaviy tikuvchilik sanoati buning yaqqol namunasidir.

Amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy oʻzgarishlar, “Mikromarkazlar” tashkil etish va Mikrokreditbank tomonidan taklif etilayotgan yangi moliyaviy instrumentlar (xizmat koʻrsatish ipotekasi, kompensatsiyalar) orqali ushbu ogʻir mahallalar yaqin vaqt ichida barqaror iqtisodiy oʻsish nuqtalariga aylanadi. Bu esa oʻz navbatida viloyatda kambagʻallikni qisqartirish, yuzlab yangi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va aholi uchun munosib ish oʻrinlari yaratishga xizmat qiladi.

Bank Axborot xizmati








Yana ko‘ring

27 Iyul 2026

“Zolotaya Korona” orqali pul o‘tkazmalari vaqtincha to‘xtatildi

25-iyuldan boshlab pul o‘tkazmalarini yuborish va qabul qilish xizmatlari vaqtincha to‘xtatiladi.
27 Iyul 2026

Yuksak marralar sari!

Jamoamiz a’zolari dengiz sathidan 4 083 metr balandlikda
24 Iyul 2026

Dam olish kunlari ham ishlaymiz!

25 va 26-iyul (shanba va yakshanba) kunlari ayrim navbatchi bank ofislari va xizmat ko‘rsatish markazlari ishlaydi.
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X