2025-yilning 13–18-oktabr kunlari Vashington (AQSh) shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon banki guruhining yillik forumi (World Bank Annual Meetings 2025) doirasida “Mikrokreditbank” ATB vakillari Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro investitsiyalar kafolati agentligi (MIGA) vakillari bilan qarorgoh bosh ofisida uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasidagi joriy hamkorlik natijalari muhokama qilindi, shuningdek, kelajakdagi potensial hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Quvonarlisi, yaqin kunlarda “Mikrokreditbank” ATB va MIGA o‘rtasida kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish hamda eksport-import operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida qo‘shma loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tashrif “Mikrokreditbank” ATBning xalqaro moliya institutlari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shuvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatida muhim qadam bo‘ldi.

Bank Axborot xizmati