
Mikrokreditbank o‘z xalqaro infratuzilmasini rivojlantirishda muhim qadamni qo‘ydi. Bank dunyodagi eng yirik va nufuzli global kastodianlardan biri - Bank of New York Mellon (BNY Mellon)da kastodial (custody) hisobvaraq ochishga muvaffaq bo‘ldi.«Mikrokreditbank»da BNY Mellon bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri vakillik (korrespondentlik) hisobvaraqlari ham mavjudligini hisobga olsak, bu voqea bank va uning mijozlari uchun beqiyos sinergiya (hamkorlik samaradorligi) yaratadi.
Bu nimani angalatadi?
Lezgin (tezkor) hisob-kitoblar (DVP): Jahon qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha oldi-sotdi operatsiyalari endi bitta bank «ichida» amalga oshirish;
Mablag‘larning vakillik hisobvarag‘idan yechish va aktivlar kastodial hisobvaraqqa bir zumda, xavf-xatarsiz joylashtirish;
Vositachilarsiz SWIFT o‘tkazmalarida komissiyalarni tejash va operatsiyalar daromadliligini maksimal darajaga ko‘tarish;
Jahon birjalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish: Bank AQSH, Yevropa va Osiyoning aksiyalari, yevroobligatsiyalarini xavfsiz saqlash imkonini beradi.
Endi investitsiya tezroq, xavfsizrok va chegaralarsiz amalga oshadi.
Bank Axborot xizmati

















