Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ularning faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun teatrlarga tashriflar amalga oshirilib kelinmoqda.

5 (161).png

3 (191).png

Joriy yilning 27-sentabr sanasida Samarqand viloyat musiqali drama teatrida Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan spektakl, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida “Ana” spektakli, Buxoro davlat musiqali drama teatrida esa “Buxoroga sayohat” spektakllari tomoshasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi hududiy boshqarmalar, BXO va BXMlarning 100 nafar xodimlari hamda ularning oila aʼzolari tashrif buyurib, dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazishdi.

8 (100).png

1 (189).png

Teatr — bu ibrat maktabi. Unda inson nafaqat maʼnaviy ozuqa oladi, balki dunyoqarashi ham kengayadi. Sahnada namoyon etilgan qahramonlar obrazi, ularning hissiyot va ruhiy kechinmalari orqali hayotga boshqacha nuqtayi nazardan qarash imkoniyati tugʻiladi. Bir muddat boʻlsa-da, kundalik tashvishlar unutiladi va tomoshabinlar sahna olamiga shoʻngʻib ketadi.

7 (106).png

2 (193).png

“Mikrokreditbank”ATBda bu kabi maʼnaviy tadbirlar tizimli ravishda davom ettiriladi. Oktabr oyi davomida ham bankning boshqa hududiy boʻlimlari xodimlari uchun teatr spektakllariga tashriflar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bank Axborot xizmati