
Xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mantiqiy fikrlash va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida bank xodimlari o‘rtasida onlayn shaxmat musobaqasi tashkil etildi.


5 bosqichdan iborat musobaqada 30 nafardan ortiq xodimlar o‘rtasida juftliklar random tartibida aniqlandi. Har bir bosqich yakunlari bo‘yicha g‘oliblar keyingi bosqichga yo‘l oldi. Yakuniy bosqichda esa saralangan ishtirokchilar o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqada ishtirokchilar o‘zlarining strategik fikrlashi, tezkor qaror qabul qilishini namoyish etdilar va quyidagilar g‘olib deb topildi:
1. Dasturiy ta'minot va suniy intellektni rivojlantirish departamenti — Djurayev Nodir
2. Ijro nazorati departamenti — Jumayev Mirzohid
3. Budjet kontrolling va iqtisodiy tahlil departamenti — Qilichev Umarali.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda xodimlar nafaqat o‘zaro raqobatlashdi, balki jamoaviy do‘stlik va sog‘lom raqobat muhitini ham mustahkamladi
MKBANK — bilim, tafakkur va rivojlanish sari birgalikda!
Bank Axborot xizmati
















