1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan MKBANK bosh ofisida bayram tadbiri tashkil etildi.

5 (160).png

Tadbirda bank Boshqaruv raisi o‘rinbosari I.Djumaniyazov ishtirok etib, tizimda mehnat qilib kelayotgan ustozlarimizni bayram bilan tabrikladi.

2 (192).png

Quvonarlisi, bankda uzoq yillar halol mehnat qilib, ko‘pning e’tiborini qozongan, yoshlarga har jihatdan o‘rnak bo‘lib kelayotgan fidoyi xodimlarning mehnatlari alohida eʼtirof etildi va esdalik sovg‘alari toposhirildi.

1 (188).png

Darhaqiqat, minglab murg‘ak qalblarga oqu-qorani tanitadigan, ezgulik yog‘dusini baxsh etadigan, kelajakka tiyrak nigoh tashlashga o‘rgatadigan, yoshlar qalbida ertangi kunga qat’iy ishonch uyg‘otadigan, shogirdlari uchun hayotning achchiq-chuchuk sinovlarida doimo yordamga shay turadigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatining o‘lchovi, qiyosi yo‘q.

4 (163).png

MKBANK jamoasi barchangizni kasb bayramingiz bilan samimiy muborakbod etadi, mehribon ustozlar!

Bank Axborot xizmati