
Joriy yilning 5-noyabr kuni MKBANKda bank Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan Respublika qon quyish markazi mutaxassislari hamkorligida “Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi tashkil etildi.

Unda bank xodimlari faol ishtirok etib, inson hayotini asrab qolishdek ezgu maqsad yo‘lida birlashdilar.

Tadbir davomida Respublika qon quyish markazi mutaxassislari tomonidan donorlikning sog‘liq uchun foydalari, uning jamiyatdagi ahamiyati hamda inson hayotini saqlab qolishdagi ro‘li haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Aksiyada ishtirok etgan har bir donorning ezgu qadami kimningdir hayotida unutilmas mo‘jizaga aylanishiga ishonamiz!


MKBANK jamoasi uchun inson qadri, mehr-oqibat va saxovat eng yuksak qadriyatlardandir. Shu bois, bunday xayrli tashabbuslar bank jamoasini yagona ezgu maqsad atrofida birlashtiradi.

Zero, donorlik bu shunchaki qon topshirish emas, balki birovga yashash uchun imkon, qalbiga umid, hayotiga yangi nafas baxsh etishdir!
Bank Axborot xizmati
















