Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

MKBANKda “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkazildi

...
Yangilash: ...
Image
MKBANKda “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Mikrokreditbank” ATBda “Ommaviy diktant” aksiyasi tashkil etildi.

6 (152).png

Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — bank xodimlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlash, savodxonlik darajasini baholash hamda davlat tiliga bo‘lgan e’tibor va hurmatni yanada oshirishdan iborat. 

11 (42).png

Diktant mavzusi uchun o‘zbek adabiyotining eng sevimli asarlaridan biri — O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” kitobidagi “Tush” hikoyasi tanlandi. Matnni Bank Boshqaruv raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi, jurnalist Gulshoda Ibrohimova o‘qib berdi.

3 (210).png

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zbek tilining imlo qoidalari, tinish belgilari va to‘g‘ri yozuv madaniyati bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini amalda sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.

4 (182).png

Bank jamoasi uchun ushbu aksiya nafaqat savodxonlikni baholash, balki ma’naviyatni oshirish va kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishga ham xizmat qildi.

7 (119).png

Aksiya yakunida ayrim xodimlar O‘tkir Hoshimov ijodi bilan yanada yaqindan tanishish istagini bildirdi. Ba’zilari esa bu asarni ilgari o‘qimaganini yashirmadi va bugunoq uni mutolaa qilish niyatida ekanligini aytdi. 

Bank jamoasi diktant yozish jarayonini - yoshlik va maktab davrlarini eslatuvchi nostalgiya deb atadi. Ayrimlar esa bu jarayonni xotira, shaxsiy rivojlanish va ijodiy tajriba sifatida baholadi.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

5 Dekabr 2025

MKBANK: Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q!

Tadbirda xotin-qizlarni har qanday zo‘ravonlikdan, xususan, raqamli makondagi tahdidlardan himoya qilish muhim ekanligi ta’kidlandi. 

4 Dekabr 2025

Bayramda ish tartibimiz!

Dam olish kunlarida "MAVRID" ilovasidan 24/7 rejimda masofadan turib foydalanishingiz va barcha to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin!

2 Dekabr 2025

MKBANK PAYSEND xalqaro pul o‘tkazmasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

MKBANK mijozi bo‘lsangiz, pul o‘tkazmalarini yuborish yoki qabul qilib olish uchun bankka tashrif buyurishingiz shart emas.
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X