Namangan viloyatida “Mikrokreditbank” ATB tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

6 (78).png

Unda “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari I.Mamadjanov, hokimlik vakillari va 200 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

photo_2025-09-15_10-21-06 (3).jpg

Bu uchrashuv oddiy muloqot emas, balki yoshlar ovozini tinglash, ularning qalbidagi orzularini, hayotiy rejalarini eshitish va ertangi kunini birgalikda tasavvur qilish maydoniga aylandi.

Yoshlar o‘z g‘oyalari, startap tashabbuslari va rejalarini ishonch bilan taqdim etishdi. Har bir fikr – ertangi kun uchun yo‘l xaritasi, har bir taklif – yangi imkoniyat eshigi sifatida qabul qilindi.

2 (121).png

Uchrashuv davomida 50dan ortiq yoshlarning takliflari eshitildi va 11 nafar yoshning g‘oyalari joyida hal etildi. Shuningdek, tadbir davomida bank mahsulotlari va xizmatlari haqida ham taqdimotlar ko‘rsatilib, bank kreditlaridan foydalanish imkoniyatlari tushuntirildi. Tadbir davomida yoshlar uchun interaktiv savol-javoblar ham o‘tkazildi.

photo_2025-09-15_10-21-06.jpg

Shu bilan birga, uchrashuvda Prezidentimizning PQ-60-sonli qarori mazmun-mohiyati haqida ham batafsil tushuntirish berildi. Qaror yoshlar hayotida yangi sahifa ochadigan, ularga bilim, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tashabbuslarini kengaytirish imkonini beradigan huquqiy poydevor sifatida taqdim etildi.

photo_2025-09-15_10-09-30 (2).jpg

Bu kabi uchrashuvlar yoshlarga ishonch beradi, ularning orzu va g‘oyalarini reallikka aylantirish uchun zarur kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Axir yoshlarni eshitish – kelajakni eshitishdir!

Bank Axborot xizmati