Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Navbatdagi matbuot anjumani o'tkazildi

...
Yangilash: ...
Image
Navbatdagi matbuot anjumani o'tkazildi

   Mikrokreditbank tizimida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari

26-iyun kuni Mikrokreditbank tomonidan “Mikrokreditbank tizimida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari” to‘g‘risida bank bosh ofisida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda bank boshqaruv a’zolari, tegishli departament direktorlari hamda ommaviy axborot vositalaridan jurnalist hamda blogerlar ishtirok etdi.

Bugungi kunda bankning transformatsiya jarayonlanida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Bankimizda sun’iy intellektga asoslangan “AI yordamchisi” ishga tushirildi. Jismoniy shaxslar uchun tezkor xizmat ko‘rsatish uchun CRM tizimi yanada takomillashtirildi. Mavrid mobil ilova orqali ta’lim kreditini olish, ATTO jamoat transporti uchun to‘lov va bir qator qulayliklar shular jumlasidandir.

Bankimiz aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida birlamchi bozordan avtomobil xarid qilish uchun foizsiz qulay Avtokredit mahsulotlarini, past foizda Ipoteka kreditlarini taklif etmoqda. Bundan tashqari yoshlar o‘rtasida moliyaviy ommaboplikni oshirish maqsadida, avgust oyiga qadar maxsus aksiya: "Uzcard Kids" bolalar kartalarini mutlaqo bepul rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.

Bankimizda sun’iy intellektga asoslangan “AI yordamchisi” ishga tushirildi. Mazkur chat-bot Mavrid mobil ilovasining onlayn chat qismida hamda telegramda bot sifatida ishlaydi va mijozlarga bank mahsulotlari, kredit grafigi bo‘yicha to‘lovlar, bank rekvizitlari va bankomatlar manzillari haqida ma’lumot beradi.

Ma’lumot uchun, 2026-yil yakuniga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Buxoro davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda bank homiyligida universitetda sun’iy intellekt laboratoriyasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Bankning rasmiy veb-sayti redizayn qilindi va mazkur veb-sayt O‘zbekistonda birinchi qoraqalpoq tilidagi bank sayti bo‘ldi. Veb-saytning funksional imkoniyatlari kengaytirildi, jumladan har bir mijoz uchun alohida sahifa, 200 dan ortiq ilyustratsiyalar, yengil va qulay mobil versiya va bank mahsulotlarini taqqoslash imkoniyati joriy qilindi.

Group 2132265764.png

CRM tizimi va kredit konveyerini joriy etish:

Jismoniy shaxslar uchun tezkor xizmat ko‘rsatish uchun CRM tizimi yanada takomillashtirildi. Jumladan, “Kredit konveyer” moduliga 10 ta kredit mahsuloti: “Biznesga birinchi qadam”, “Mahalla biznes”, “Mening mahallam”, “Ta’lim”, “Saving Energy”, mikroqarz va iste’mol kreditlari bo‘yicha skoring modellari ishlab chiqilgan, hamda birlamchi ipoteka krediti, birlamchi subsidiyalik ipoteka va birlamchi avtokredit bo‘yicha yarim avtomat tarzda CRM tizimidan skoring qarorini olish imkoni yaratildi.

Jismoniy shaxslar uchun Mavrid mobil ilova servislarini kengaytirildi.

Jismoniy shaxslar uchun mobil ilova servislari va xizmatlarini kengaytirish loyihasi bo‘yicha mijozlarga qo‘shimcha imkoniyatlar va qulayliklar yaratish maqsadida “MAVRID” mobil ilovasida bir qancha servislar amaliyotga joriy qilindi. Jumladan, bank mobil ilovasi orqali Uzcard va HUMO kartalarini to‘liq yopish (ya’ni, kartani bank tizimidan butunlay bekor qilish), omonatchilarni firibgarlardan saqlash uchun FaceID orqali omonatni qisman yechish va yopish uchun mexanizm, KATM freeze funksiyasini ilova orqali yoqish, “Tez-QR”, ya’ni QR-kod skaner to‘lovini amalga oshirish; “HumoPay” kontaktsiz to‘lov xizmati, Qirg‘izistonga o‘tkazma – Elcard, RIA, AstraSend, Asia Express, UPT, Kwikpay, Visa Direct va Mastercard MoneySend xizmatlari mavjuddir. Bundan tashqari, Mavrid ilovamizda yaqinda joriy etilgan yana bir yangi xizmat turi bu Jett bo‘lib, u foydalanuvchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri telefon orqali fond bozoriga kirish, onlayn brokerlik hisobini ochish hamda aksiyalar va obligatsiyalarni sotib olish imkonini beradi.

 “UNA Moliya” mikromoliya tashkiloti bo‘yicha

Bank va “Robocash” kompaniyasi ta’sischiligida “UNA MOLIYA” MCHJ QK MMT mikromoliya tashkiloti tashkil etildi hamda 2025-yil 24-iyun kuni raqamli texnologiyalar asosida faoliyat yurituvchi MMT rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. “Robocash” kompaniyasining mikromoliya tashkilotlarini (MMT) tashkil etish sohasida katta tajribasiga asoslanib, MMTning 2025–2029-yillar uchun moliyaviy modeli (strategik reja) ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

 Hozirda mikroqarzlarga arizalar qabul qilish va to‘liq raqamli xizmat ko‘rsatish “UNA MOLIYA” MMT MCHJ QK rasmiy sayti (https://unamoliya.uz/) orqali amalga oshirilmoqda.

 Bank strategiyasidagi loyihalar to‘g‘risida

Mikrokreditbankni rivojlantirishning yaqin 3-yildagi (2026-2028) bosh maqsadi — an’anaviy bank tizimidan to‘liq raqamli, mijozga yo‘naltirilgan va moliyaviy jihatdan o‘ta barqaror ekotizimga aylanishdir. Shu maqsadda, strategiya doirasida jami 38 ta yirik transformatsion loyihani amalga oshirish boshlandi.

Ularning asosiylari:

1. Birinchisi — bu xalqimiz va tadbirkorlarimiz uzoq kutgan, bugungi kunda bozorda juda katta talab mavjud bo‘lgan Islomiy moliyalashtirish xizmatlarini joriy etish loyihasidir. Biz bu loyihani 2027-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich to‘liq amalga oshirishni maqsad qilganmiz.

2. Collection (kreditlarni undirish) tizimini joriy etish

Bank moliyaviy barqarorligini ta’minlash va kredit portfeli sifatini nazorat qilish bizning eng ustuvor vazifalarimizdan biridir. Shu maqsadda, biz muammoli kreditlar (NPL) bilan ishlash tizimini tubdan transformatsiya qilishni boshladik. Xususan, 2025-yilning aprel oyida ushbu yo‘nalishda ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan Qozog‘istondan ekspertlar jamoasini jalb etdik. Ular bilan hamkorlikda muammoli kreditlarni monitoring qilish, ularni so‘ndirish jarayonlarini optimallashtirish va to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha maxsus Transformatsiya ofisi tashkil etildi.

Ayni paytda, muddati o‘tgan qarzdorliklarni ko‘rib chiqish tezligini oshirish maqsadida Soft collection uchun maxsus CRM tizimini joriy etish ishlarini boshladik.

3. Yuridik mijozlar uchun CRM va kredit konveer platformasi

Yuridik shaxslar uchun CRM va kredit konveeri platformasi loyihasi mijozlarga kredit ajratish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirishga qaratilgan. Mazkur platformalar arizalarni ko‘rib chiqish vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi va yuridik mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqadi.

Ta’kidlash lozimki, transformatsiya jarayonlari nafaqat bank ichida, balki xalqaro maydonda ham o‘z natijasini bermoqda. AQSHning BNY Mellon, Turkiyaning Aktif Bank, Germaniyaning ODDO BHF banklarida vakillik hisobraqamlarimiz ochildi. Shuningdek, biznes uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda xalqaro hamkorlikni kenngaytirish maqsadida Xitoyning Xinjiang va Bank of China banklarida ham vakillik hisobraqamlarimiz ochildi.

Xalqaro agentliklar bankimiz barqarorligini yuqori baholashda davom etmoqda. Xususan, Fitch Ratings agentligi bank reytingini BB “Ijobiy” darajasiga ko‘tardi. Shu bilan birga, bank Moody’s agentligining Va3 “Ijobiy” reyting ko‘rsatkichini ham barqaror saqlab kelmoqda.

Group 2132265754.png

Matbuot anjumani oxirida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga bank tomonidan amalga oshirilayotgan ma’naviy loyihalar bilan ham tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Jumladan, “Mikrokreditbank” va “Ijod nashr” nashriyoti hamkorlikda chop etilgan “Chig‘anoq” loyihasining 2-to‘plamining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. To‘plamda Anvar Suyun, Bayram Ali, Shoxsanam Nishonova, Muxammadxon Yusupov hamda Mastura Abduraim kabi ijodkorlarning kitoblari o‘rin olgan.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

26 Iyun 2026

Dam olish kunlari ishlaymiz

27 va 28-iyun (shanba va yakshanba) kunlari ayrim navbatchi bank ofislari va xizmat ko‘rsatish markazlari ishlaydi.
26 Iyun 2026

Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!

Jim turish – bu illatga ijozat berishdir.

25 Iyun 2026

MKBANK "Best Corporate Bank Uzbekistan 2026" xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi!

Mazkur mukofot bankning korporativ mijozlarga ko‘rsatayotgan yuqori sifatli xizmatlari e'tirofidir.
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X