
MKBANK xodimlari jamoaviy ruhni mustahkamlash va madaniy hordiq chiqarish maqsadida Oʻzbek milliy akademik drama teatrida namoyish etilgan “Behalovat koshona” spektakliga tashrif buyurdi.


Spektakldagi hayotiy voqelik achchiq kulgi bilan tomoshabinlarga oyna tutadi va har bir insonni fikrlashga undaydi.


Bu kabi madaniy tadbir nafaqat dam olish, balki seminar qatnashchilarini yaqinlashtirdi, ishdagi va o‘quv jarayonidagi murakkab vaziyatlarga ijodiy yondashish imkonini berdi.


















