
Mikrokreditbankning KWIKPAY xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatida yangi yo‘nalish ishga tushirildi. Bank mijozlari uchun xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatlari yanada kengaymoqda. Endilikda bankning KWIKPAY xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali Qirg‘iziston yo‘nalishi ham ishga tushirildi.
Yangi yo‘nalish mijozlarga O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida pul mablag‘larini tezkor, xavfsiz va qulay tarzda yuborish hamda qabul qilish imkonini beradi.
Endi mijozlar:
- O‘zbekistondan Qirg‘izistonga pul mablag‘larini yuborishlari;
- Qirg‘izistondan O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalarini qabul qilishlari mumkin.
Tezkor – pul mablag‘lari qisqa vaqt ichida manziliga yetkaziladi;
Xavfsiz – barcha operatsiyalar zamonaviy xavfsizlik talablari asosida amalga oshiriladi;
Qulay – xizmatdan foydalanish oddiy va mijozlar uchun qulay sharoitlarda yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur yangi yo‘nalish Mikrokreditbank mijozlari uchun xalqaro pul o‘tkazmalarini yanada oson va qulay amalga oshirish imkonini yaratadi hamda bankning zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish borasidagi izchil ishlarining navbatdagi natijasidir.
Mikrokreditbank xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlarini muntazam kengaytirib borar ekan, mijozlarga ishonchli, tezkor va zamonaviy moliyaviy yechimlarni taqdim etishda davom etadi.

















